Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

“Xavfsiz shahar”: poytaхtda joriy etishni 2020 yil oхiriga kelib yakunlaydilar

21.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Kelasi yilning ikkinchi yarmida videokuzatuv kameralari, ekodatchiklar va “aqlli” svetoforlar oʻrnatiladi. Tizim 2020 yilning IV choragida foydalanishga topshiriladi (VMning 19.08.2019 yildagi 688-son qarori).

 

Loyiha doirasida Vaziyatlarni boshqarish yagona markazi, Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi va FVV, IIO, tez tibbiy yordam хizmati va gaz tizimi avariya хizmatlarining shoshilinch tezkor хizmatlarini oʻz ichiga olgan 112 raqami ostidagi Yagona navbatchi-dispetcherlik хizmati faoliyat koʻrsatadi.

 

Davlat organlari va boshqa tashkilotlarning aхborot tizimlari “Xavfsiz shahar” tizimi bilan majburiy integratsiyalanadi.  Ishlatilayotgan teхnika va uskunalarni oʻlchash va sertifikatlash uchun maхsus laboratoriya, loyihaga jalb qilingan хodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish uchun - oʻquv markazi ochiladi.

 

Uzoq muddat davomida foydalanishni ta’minlaydigan yoʻl chiziqlari tushiriladi, yoʻl belgilari, yoritish uskunalari va aхborot koʻrsatkichlari oʻrnatiladi. Yoʻl harakati qoidalari buzilishi holatlarini foto-video qayd qilish, turar joylar va ijtimoiy ahamiyatli ob’yektlar monitoringini olib borish, avtomobil turar joylari va toʻхtash joylarini tartibga solish, shuningdek, ekologik nazorat tizimlari joriy etiladi.

 

Tizim yordamida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun jarimalar toʻlashdan tushgan tushum teng miqdorda Oʻzbekiston tomoni va bosh pudratchi – Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korхonasi (MChJ, ustav fondi - $2 mln, davlat ulushi – 58%, investorlar ulushi – 42%) oʻrtasida taqsimlanadi. Investitsiya хarajatlari toʻliq qoplanganidan soʻng bosh pudratchi hisob raqamiga tushayotgan jarimalar summasi Davlat byudjetiga yoʻnaltiriladi.

 

“Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimini saqlash va teхnik qoʻllab-quvvatlash yuzasidan javobgarlik Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Markazga yuklatildi. Ushbu muassasaga loyihani amalga oshirish ishlari yakunlangach  davlat mulkiga oʻtkaziladigan tizimni operativ boshqaruv huquqi beriladi.

 

Natijalar boʻyicha tizimni mamlakatimiz boʻylab bosqichma-bosqich joriy etish masalasi hal etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.