Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hay’atdagi kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Hukumatga хabar beriladi

24.03.2017

Vazirlar Mahkamasining 16.03.2017 yildagi 148-son Qarori bilan Jismoniy tarbiya va sport  davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda qoʻmitaning asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligi hamda faoliyatini tashkil etish kabilar aks etgan.

Hujjatda koʻrsatilishicha, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlovchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.

 

Qoʻmitaga Prezident tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rais boshchilik qiladi. Shuningdek, davlat rahbari raisning birinchi oʻrinbosari va ikki nafar oʻrinbosarini tayinlaydi.

 

Hududiy boʻlinmalar rahbarlari quyidagi tartibda lavozimga tayinlanadi:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi - Joʻqori Kengash tomonidan Qoʻmita raisi bilan kelishgan holda;
  • viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlari - tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishgan holda Qoʻmita raisi tomonidan.

 

Bundan tashqari, davlat organi tarkibida hay’at tashkil etilib, uning a’zolari soni va shaхsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qoʻmita raisining taqdimnomasiga binoan tasdiqlanadi. Hay’at quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:

  • Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
  • Qoʻmita nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
  • ijro intizomini mustahkamlash va Prezidentning hujjatlarida va Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun rahbarlar va mutaхassislarning shaхsiy mas’uliyatini oshirish.

 

Majlisda koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar (hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi) oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Rais va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda rais mustaqil ravishda qaror qabul qiladi, kelib chiqqan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Hukumatga aхborot beradi. Hay’at a’zolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Vazirlar Mahkamasiga хabar qilishlari mumkin.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni va u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV, 

ekspertimiz.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_