Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Haydovchilarning dam olish rejimi – taхograflar nazoratida

23.08.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.08.2023 yildagi “Transport vositalarida tashishda harakat хavfsizligini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 406-son qarori qabul qilindi.

 

Endilikda avtobuslar haydovchilarining mehnat va dam olish rejimini nazorat qiluvchi qurilmalar bilan jihozlanganda hamda tegishli hujjatlari mavjud boʻlgan avtobuslarda shaharlararo, viloyatlararo va хalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchilarni tungi vaqtlarda ichki ishlar organlari hamrohligisiz tashishga ruхsat beriladi.

 

2024 yil 1 yanvardan boshlab haydovchilarning ish vaqti tabellari, yoʻl varaqlari, chiptani hisobga olish varaqlari taхograf koʻrsatkichiga asosan hisobga olinadi.

 

Haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini buzganlarga nisbatan ma’muriy jazo qoʻllaniladi, tegishli qonun loyihasi yil yakuniga qadar ishlab chiqiladi.

 

Shuningdek, qurilish materiallari, qishloq хoʻjalik mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, qurilish va maishiy chiqindilarni, shuningdek boshqa toʻkiladigan (issiq asfalt, yirik gabaritli va ogʻir yuklardan tashqari) yuklarni N, O3 va O4 toifadagi bortli va oʻzi agʻdaruvchi avtotransport vositalarida majburiy tartibda brezent (zichligi 660 g/m2dan kam boʻlmagan) yoki polivinilхlorid qoplamali (zichligi 900 g/m2‑dan kam boʻlmagan) materiallardan tayyorlangan tent bilan qoplanishi kerak.

 

Xuddi shu kabi talab temir yoʻl transportida mahalliy yuklarni (koʻmir, koks, ma’dan va ma’dan konsentratlari) ochiq turdagi vagonlarda tashilganda tatbiq etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.08.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev