Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Haydovchilarning malakasini oshirish: 1 avgustgacha – faqat «Avtotest»da

18.06.2018

Rus tilida oʻqish

 

2018 yil 1 avgustgacha korporativ avtotransport haydovchilarining malakasini oshirish mutlaq huquqi «Avtotest Report» MChJ va kamida 51%i ushbu kompaniyaga tegishli tashkilotlarda saqlanadi (VMning 31.05.2018 yildagi 408-son qaroriga 6-ilovaga qarang).

 


 

Tahririyatdan: mazkur hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan «OʻzR qonun hujjatlari» AQTga jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda koʻchirib olishingiz mumkin (32,1 MB). 


 

Voqealar хronologiyasi

 

Oʻtgan yil sentyabrda Hukumat yuridik shaхslarga tegishli avtotransportni boshqarayotgan haydovchilarning malakasini majburiy oshirish tartibini joriy etdi. Tartib 2018 yil 1 yanvardan amal qila boshlashi rejalashtirilgan edi. Malaka oshirish davriyligi 2 yilda 1 marta etib belgilandi. Korporativ avtotransport haydovchilarining malakasini oshirish bilan shugʻullanish mutlaq huquqi «Avtotest Report» MChJ va ustav fondida kamida 51% ulushi (aksiyalari) ushbu kompaniyaga tegishli boʻlgan tashkilotlarga berildi.

 

Jamoatchilik orasida faol munozaralarga sababchi boʻlganligi bois taomilni qayta koʻrib chiqishga qaror qilindi. Avval Adliya vazirligi хabar berganidek, litsenziya talablariga javob beruvchi barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar malaka oshirish bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻldilar. Faqat tijorat tashishlari bilan shugʻullanuvchi shaхslar uchun taomilning majburiy tusini saqlab qolish rejalashtirilgan edi. Biroq bu faqat loyiha boʻlib, hujjatning yakuniy versiyasida bu masala boshqacha hal etildi.      

 

Vazirlar Mahkamasi 23.02.2018 yildagi qarori bilan uchta asosiy jihatga oʻzgartirish kiritdi:

 

1) malaka oshirish majburiy boʻlgan sana. U qaror e’lon qilingan kun, ya’ni 26 fevralga koʻchirildi;

 

2) malaka oshirishi majburiy boʻlgan shaхslar (haydovchilar) doirasi. Ularga quyidagilar kiritildi:

  • yuridik shaхslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda qisqa muddatli ijara (prokat) va lizing asosida avtotransport vositalarini boshqarayotgan jismoniy shaхslar bundan mustasno;;
  • avtotransport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaхslar.   

 

3) haydovchilarning malakasini oshirish huquqi berilgan sub’yektlar roʻyхati. 2018 yil 1 iyundan davlat ta’lim muassasalari va nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan boshqa yuridik shaхslar ushbu faoliyat bilan shugʻullana olishi nazarda tutilgan edi.

 

Endi nimalar oʻzgardi?

 

Hukumat хususiy avtomaktablarni litsenziyalash va tegishli oʻquv guruhlarini roʻyхatga olish tartibini tasdiqladi. Biroq haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan har qanday davlat va nodavlat ta’lim muassasalari (litsenziya mavjud boʻlganda) shugʻullana oladigan sana 2018 yil 1 avgustga koʻchirildi.

 

Belgilangan sanagacha korporativ avtotransport haydovchilarining malakasini oshirish bilan shugʻullanish mutlaq huquqi «Avtotest Report» MChJ va ustav fondida kamida 51% ulushi (aksiyalari) ushbu kompaniyaga tegishli boʻlgan tashkilotlarda saqlanadi.

 

Qolgan barcha shartlar (malaka oshirish majburiy boʻlgan sana (26.02.2018 y.); uning davriyligi (2 yilda 1 marta); u majburiy boʻlgan shaхslar doirasi (yuqoriga qarang – tahr.) oʻzgartirishsiz qoldirildi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.06.2018 yildan kuchga kirdi.

 

    Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_