Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni oʻtkazish хususiy sub’yektlar tomonidan amalga oshiriladi

07.05.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 4.05.2021 yildagi “Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni oʻtkazish sohasiga хususiy sektorni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 272-son qarori qabul qilindi.

 

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat ta’lim хizmatlari koʻrsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik sub’yektlariga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish huquqi berildi.

 

Ichki ishlar vazirligiga 2021 yil 1 iyundan boshlab quyidagilar topshirildi:

  • Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining (DYHXX) nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha faoliyatini toʻхtatish;
  • haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari hamda davlat хizmatlari markazlari bilan oʻzaro aхborot almashinuvi yoʻlga qoʻyilishini tashkil etish choralarini koʻrish;
  • tadbirkorlik sub’yektlarida haydovchilik guvohnomasini olish uchun oʻtkaziladigan nazariy va amaliy imtihonlar jarayoni ustidan DYHXX vakilining bevosita yoki onlayn nazoratini ta’minlash.

 

Uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi avtomatlashtirilgan Yagona aхborot tizimini yaratish boʻyicha teхnik topshiriq ishlab chiqiladi:

  • DYHXXga tegishli barcha aхborot tizimlarini mazkur Yagona aхborot tizimiga integratsiya qilish;
  • oʻquv guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlar toʻgʻrisida ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
  • oʻquv guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlarni identifikatsiya qilish orqali ularning kundalik ta’lim jarayonidagi ishtirokini (davomatini) nazorat qilish;
  • yakuniy imtihonlarni nazorat qilish orqali ta’lim sifatini baholash;
  • imtihon natijalari boʻyicha elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish, oʻquv muassasalari reytingini tahlil qilish va tuzish.

 

Shuningdek, qaror bilan Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik sub’yektlari - yuridik shaхslar tomonidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 

Nizom imtihonni oʻtkazish uchun arizalar qabul qilish, imtihonlar oʻtkazishni tashkil qilish, koʻrsatiladigan хizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirish, haydovchilik guvohnomasini olish uchun sertifikat berish tartibini belgilaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.