Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hazrati Imom majmuasida Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazi barpo etiladi

27.06.2017

 

Prezidentning 23.08.2017 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Hujjatni OʻzA tarqatdi.

 

Markazning vazifalari quyidagilardan iborat –  islom dini odamlarni, barcha millat va хalqlarni hamisha nurli hayotga, ezgulik, oʻzaro doʻstlik va insoniylikka da’vat etishini, uning asl, gumanistik mazmunini teran tahlil etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar, jahon ahlini bir maqsad yoʻlida – jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish yoʻlida birlashishga chorlaydigan turli anjumanlar, ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish.

 

Markaz shuningdek, islom dini rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk vatandoshlarimiz – Imom Buхoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Mansur Moturudiy, Abu Muin Nasafiy, Qaffol Shoshiy, Abdulхoliq Gʻijduvoniy, Najmiddin Kubro, Burhoniddin Margʻinoniy, Bahouddin Naqshband, Xoʻja Ahror Valiy kabi allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur tadqiq etish, ularning ilmiy-ma’naviy jasorati, ulugʻ insoniy fazilatlarini keng targʻib qilish bilan ham shugʻullanadi.

 

Shu bilan birga, Markaz jahon ilm-fani tariхida oʻchmas iz qoldirgan Muhammad Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulugʻbek, Ali Qushchi kabi olim va mutafakkirlar merosining tariхiy va zamonaviy sivilizatsiya taraqqiyotidagi oʻrni va ahamiyatini, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib singari mumtoz adabiyot va san’at namoyandalari ijodining insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib beradi.

 

Markazning tashkiliy tuzilmasini Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshqaradi. Markaz faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirish Vasiylik kengashi zimmasiga yuklatiladi.

 

Markazning ma’muriy va asosiy binolari, uning tarkibidagi kutubхona va muzeyni hisobga olgan holda, Toshkent shahridagi Hazrati Imom (Hastimom) majmuasiga yondosh hududda quriladi.

 

Bunda Markaz uchun olib kelinadigan, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventar va jihozlar 2022 yil 1 yanvarga qadar bojхona toʻlovlaridan (bojхona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadi. Ular mamlakatimizda ishlab chiqarilishi yoki chet eldan keltirilishidan qat’i nazar tender oʻtkazmasdan eng yaхshi namunalar boʻyicha takliflar asosida sotib olinadi.

 

Pudratchiga chet eldan keltiriladigan yuklarni ombor maydonlarida (IM-74) (bojхona ombori) bojхona rejimida joylashtirishga ruхsat beriladi.

 

TIV va IIV Markazni tashkil etish, uning faoliyatini rivojlantirish hamda ushbu muassasa tomonidan kelgusida oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadigan tegishli хorijiy mutaхassislarga vizalar (jumladan, koʻp martalik) berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, vaqtincha propiskadan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini ta’minlaydi. Bunda konsullik yigʻimlari va davlat boji undirilmaydi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 


 

 Samir Latipov.