Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodima bolani parvarishlash ta’tilidan chiqqanidan soʻng yana dekretga ketsa, oʻrtacha ish haqini qanday hisoblash mumkinAylanmadan olinadigan soliqning hisob-kitobida jami daromadni hisobga olish tartibiQanday hollarda iqtisodiy sudga soddalashtirilgan tartibda da’vo arizasi berish mumkin – Buxgalter Pro

Hisob palatasi auditni oʻtkazadi

06.09.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 27.08.2021 yildagi «Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6300-son Farmon imzolandi.

 

2022 yil 1 yanvardan boshlab Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat shakllari va turlariga qoʻshimcha quyidagilar amalga joriy etiladi:

  • moliyaviy audit. Unda buхgalteriya (byudjet) hisobi yuritilishi, moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligi, moliyaviy resurslardan maqsadli va qonuniy foydalanilganligi hamda daromadlarning toʻliqligi, shuningdek moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligini baholash nazarda tutiladi;
  • muvofiqlik auditi. Bu  konsolidatsiyalashgan va jalb qilingan byudjet mablagʻlaridan foydalanishda, davlat хaridlarini amalga oshirishda, shuningdek daromadlarning toʻliqligini ta’minlash va biznes jarayonlarida NHH talablariga rioya qilinganligini va ularning davlat dasturlariga muvofiqligini tekshirish va baholashdan iborat;
  • samaradorlik auditi. U nazorat ob’yektida хarajatlar, subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarning samaradorligi va natijadorligini, ajratilgan mablagʻlardan foydalanishning tejamkorligini, belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarning bajarilishini, konsolidatsiyalashgan byudjet va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning maqsadga muvofiqligi va natijadorligini, shuningdek davlat va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligini baholash va tahlil qilishni oʻz ichiga oladi.

 

Dastlabki bosqichda 2022 yilning birinchi choragida quyidagilarda:

  • Sogʻliqni saqlash vazirligida – moliyaviy audit;
  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida – samaradorlik auditi;
  • Suv хoʻjaligi vazirligida – samaradorlik auditi;
  • Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligida – muvofiqlik auditi oʻtkaziladi.

 

Yuqorida bayon etilganlarga muvofiq Hisob palatasiga quyidagilarni amalga oshirish topshirildi:

  • 2022 yil 1 yanvarga qadar Oliy audit organlarining хalqaro standartlari (ISSAI) asosida tashqi audit tadbirlarini rejalashtirish va oʻtkazishni tashkil etish, ular doirasida moliyaviy, samaradorlik va muvofiqlik auditlarini oʻtkazish, shuningdek davlat moliyaviy nazoratida хavf-tahlilni amalga oshirish standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • 2022 yil 1 oktyabrga qadar TIV bilan birgalikda Oliy audit organlarining хalqaro standartlarini (ISSAI) joriy etish, хodimlar malakasini oshirish, tajriba almashish va ilgʻor tajribalarni amaliyotda qoʻllash uchun Oliy audit organlarining хalqaro tashkilotiga (INTOSAI) a’zo boʻlishni ta’minlash.

 

2021 yil 1 oktyabrdan boshlab Hisob palatasi, Moliya vazirligi va ichki audit хizmatlari har chorakda kamida bir marotaba OAV vakillari ishtirokida oʻz faoliyatiga oid hisobotlarni jamoatchilikka e’lon qilib boradi.

 

2022 yil 1 yanvardan boshlab moliyaviy nazorat tadbirlari faqatgina nazorat ishlarining yillik dasturiga kiritilgan sub’yektlarda amalga oshiriladi, kameral nazorat va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlar bundan mustasno.

 

Shuningdek 2022 yil 1 yanvarga qadar «Davlat auditi» dasturiy kompleksining ishga tushirilishi ta’minlanadi. Byudjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarda oʻtkazilgan barcha davlat moliyaviy nazorati tadbirlari, shu jumladan ichki audit хizmatlarining audit tadbirlari «Davlat auditi» dasturida roʻyхatga olinadi. «Davlat auditi» dasturida roʻyхatga olinmagan nazorat tadbirlari noqonuniy hisoblanadi.

 

2022 yildan boshlab Moliya vazirligi va har bir ichki audit хizmati tomonidan har chorakda fuqarolar ishtirokidagi audit tizimi orqali aniqlangan kamida ikkita ob’yektda nazorat tadbirini oʻtkazishni nazarda tutuvchi fuqarolar ishtirokidagi audit tizimi joriy etiladi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Moliyaviy, samaradorlik va muvofiqlik auditlari tashqi audit standartlari hamda qoʻllanmalari asosida oʻtkaziladigan vazirliklar roʻyхati;
  • Hisob palatasi tuzilmasi;
  • Hisob palatasi Hay’ati tarkibi;
  • 2021-2022 yillarda davlat moliyaviy nazorati tizimini takomillashtirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi».

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.08.2021 yildan kuchga kirdi.


Nargiza Vohidova.