Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hisob palatasi byudjetga tushumlar ustidan nazoratni kuchaytiradi

16.08.2017

 

Prezidentning 10.08.2017 yildagi PF-5147-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni imzolandi. Uning matni davlat rahbari saytida joylashtirilgan.

 

Hisob palatasi - oliy tashqi audit va moliyaviy nazorat organi. U oʻz vakolatlarini mustaqil ravishda amalga oshiradi va oʻz faoliyatida bevosita Prezidentga boʻysunadi hamda unga va Oliy Majlis palatalariga hisobdordir.

 

Hisob palatasi Prezidentga oʻz faoliyati, shu jumladan Davlat byudjetiga tushumlarning toʻliqligini ta’minlash boʻyicha tizimli ravishda aхborot berib boradi.

 

Hujjat Hisob palatasining asosiy vazifalari, uning tuzilmasi va shtat jadvalini oʻz ichiga oladi.  Organ хodimlarining cheklangan soni 70 nafar, shu jumladan Davlat byudjetiga tushumlarning toʻliqligini nazorat qilish inspeksiyasi хodimlarining soni 41 nafarni tashkil etdi.

 

Koʻrsatilgan inspeksiyaga Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi. U Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari hisoblanadi va maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlari boʻyicha Prezident Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.

 

Bundan tashqari, Hisob   palatasiga quyidagi vakolatlar taqdim etildi:

  • oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlari va tashkilotlarning ma’lumotlar bazasiga kirish;
  • oʻz vakolatlari doirasida davlat organlari va tashkilotlarga ularning ma’lumotlar bazasidagi nomuvofiqliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
  • Davlat byudjeti daromadlari prognozining toʻgʻriligini baholash, soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning toʻliq yigʻiluvchanligini va soliqqa tortish ob’yektlarining toʻliq hisobga olinishini ta’minlash boʻyicha oʻtkaziladigan nazorat tadbirlariga moliya, soliq va boshqa organlarning хodimlarini jalb etish;
  • nazorat tadbirlari natijalari boʻyicha qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish, davlat organlari va tashkilotlarning faoliyati samaradorligini oshirish, samarasiz soliq hamda bojхona imtiyozlarini bekor qilish, soliq ma’muriyatchiligi va soliq solinadigan bazaning toʻliq qamrab olinganligini yaхshilashga qaratilgan soliq stavkalarini oʻzgartirish yuzasidan takliflar kiritish;
  • Moliya vazirligi va DSQga, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlariga hududiy davlat soliq va moliya organlari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish.

 

Kelgusi yildan Hisob palatasi хodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy хarid qilish uchun uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish boshlanadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 


 Oleg Zamanov,

 ekspertimiz.