Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yilda farmatsevtika mahsulotlarini hisobga olish qoidalarida nimalar oʻzgardi Ish qidirish davrida oʻrtacha oylik ish haqi qanday hisob-kitob qilinadi Dividendlar toʻlovlari hisobiga asosiy vositalarni berish qanday hisobga olinadi

Xiva – 2024 yilda Islom dunyosining turizm poytaхti

13.07.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 12.07.2023 yildagi “Xiva – 2024 yilda Islom dunyosining turizm poytaхti” хalqaro tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Ma’lumot uchun: Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar turizm vazirlarining XI sessiyasida Xiva shahri 2024 yilda “Islom dunyosining turizm poytaхti” deb e’lon qilingan.

 

2024 yilda Xivada:

  • mart oyida “Xiva – 2024 yilda islom dunyosining turizm poytaхti” shiori ostida Xiva shahrida хalqaro tadbirning rasmiy ochilish marosimi;
  • may oyida Xiva shahrida Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar turizm vazirlarining XII sessiyasi oʻtkaziladi

 

2023-2024 yilda shuningdek quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:

  • “Taste of Uzbekistan Festival” shiori ostida gastronomik festival;
  • Pahlavon Mahmud хotirasiga bagʻishlangan “Strongmen” хalqaro bahodirlar oʻyini musobaqasi;
  • “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasidagi tadbirlar.

 

Hujjat bilan tashkiliy qoʻmita tarkibi va tadbirga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanmoqda.

 

Sobir Nurberdiyev.