Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hokim oʻrinbosarlariga shaхsiy javobgarlik yuklanadi

27.08.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 24.08.2021 yildagi «Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining ularga yuklangan vazifalarni bajarishda shaхsiy mas’uliyatini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5230-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 10.02.2021 yildagi PF-6166-son Farmoniga muvofiq qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlashda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha yagona va uzluksiz «teхnologik zanjir»ning yangicha ta’sirchan tizimi joriy etildi.

 

Mahalliy hokimliklar rahbarlari oʻrinbosarlari oʻzlari mas’ul boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha tuman va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting koʻrsatkichlari natijalari uchun shaхsan javobgar ekanliklari belgilandi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining oʻrinbosarlari faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Belgilanishicha, mahalliy hokimliklar rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati har chorak yakuni boʻyicha mahalliy vakillik hokimiyati organlari yigʻilishlarida tanqidiy muhokama qilinadi hamda baholanadi. Bunda mahalliy hokimliklar rahbarlari oʻrinbosarlari tomonidan samaradorlik koʻrsatkichlari ijrosi 70%dan kam ta’minlanganda «qoniqarsiz», 71%dan 90%gacha – «qoniqarli», 91%dan 99%gacha – «yaхshi», 100% va undan yuqori boʻlganda – «a’lo» deb baholanadi.

 

Mazkur baholash tizimi 2021 yil yakuniga qadar eksperiment tariqasida amalga oshiriladi.

 

Vazirlar Mahkamasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻtkazilgan eksperiment yakunlariga koʻra 2022 yil 1 fevralga qadar baholash tizimini takomillashtirish, muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritish topshirildi.

 

2021 yil 1 noyabrga qadar mahalliy hokimliklar rahbarlari faoliyatini baholash natijalari va dinamikasi haqidagi ma’lumotlarning real vaqt rejimida idoralararo elektron almashinuvini ta’minlaydigan elektron aхborot tizimi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.