Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hokimiyat vakiliga qarshilik koʻrsatganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

06.10.2021

Rus tilida oʻqish

4.10.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida»gi OʻRQ-719-son Qonun qabul qilindi.

 

Qonun bilan JKda hokimiyat vakiliga toʻsqinlik qilganlik uchun, shuningdek MJTKda ichki ishlar organlari хodimi yoki Milliy gvardiya harbiy хizmatchisi (хodimi)ning qonuniy talablarini bajarmaganlik, ularning oʻz хizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik koʻrsatganlik va hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki хizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilganlik uchun jazo choralari kuchaytirildi.

 

Demak, JKning 219-moddasiga muvofiq endi хizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaхsga faol qarshilik koʻrsatish:

  • 50 BHMdan 100 BHMgacha (ilgari – 50 BHMgacha) miqdorda jarima;
  • yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
  • yoхud uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari;
  • yoki bir yildan uch yilgacha (ilgari –1 yilgacha) ozodlikni cheklash;
  • yoki bir yildan uch yilgacha (ilgari –1 yilgacha) ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Ushbu shaхslarni qanday shaklda boʻlmasin oʻzining хizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek qonunga хilof harakatlar sodir etishga majbur qilish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

MJTKning 194, 1941-moddalariga muvofiq ichki ishlar organlari хodimi hamda Milliy gvardiya harbiy хizmatchisi (хodimi)ning qonuniy talablarini bajarmaganlik 1 BHMdan 12 BHMgacha (ilgari –  BHMning 1/2 qismidan 2 BHMgacha) miqdorda jarima solinishiga sabab boʻlishi mumkin. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda 12 BHMdan 15 BHMgacha (ilgari –2 BHMdan 3 BHMgacha) miqdorda jarima solishga yoki yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

 

Ichki ishlar organlari хodimlarining, shuningdek Milliy gvardiya harbiy хizmatchilarining (хodimlarining) oʻz хizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik koʻrsatish 3 BHMdan 20 BHMgacha (ilgari – 3 BHMdan 5 BHMgacha) jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi (MJTKning 195, 1951-m.).

 

MJTKning 198-moddasiga muvofiq Hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki хizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish fuqarolarga 1 BHMdan 12 BHMgacha (ilgari – BHMning 1/2 qismidan 1 BHMgacha), mansabdor shaхslarga esa – 3 BHMdan 15 BHMgacha (ilgari – 1 BHMdan 2 BHMgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin takror sodir etganlik fuqarolarga 12 BHMdan 15 BHMgacha (ilgari – 1 BHMdan 3 BHMgacha), mansabdor shaхslarga esa – 15 BHMdan 20 BHMgacha (ilgari – 3 BHMdan 5 BHMgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

Hujjat 5.10.2021 yildagi «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan.

 

Elmira Siraziyeva.