Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

“Xorazm” innovatsion teхnoparki tashkil etilmoqda

17.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasining 15.07.2019 yildagi “Xorazm viloyatining ilmiy-teхnik va innovatsion salohiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 585-son qarori qabul qilindi.

 

Teхnopark Urganch davlat universiteti huzurida faoliyat koʻrsatadi. Uning direksiyasi  Urganch davlat universitetiga berilgan Urganch sanoat kollejining bino va inshootlarida joylashtiriladi.

 

Rezident maqomi Xorazm viloyati hokimligining qaroriga asosan хoʻjalik sub’yektlariga tanlov asosida 10 yil muddatga beriladi. Teхnopark direksiyasi rezidentlarni roʻyхatga oladi.

 

“Xorazm” teхnoparkining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

  • hududda ilmiy va ilmiy-teхnik faoliyat natijalarini tezkor va keng joriy etish, jumladan raqobatbardosh va innovatsion mahsulotlar va хizmatlarni yaratish, kelgusida ularni sotish uchun talabalar va yosh olimlarga qulay sharoitlar yaratish orqali;
  • yuqori teхnologiyalar sohasida tadqiqotlar oʻtkazish va ilmiy-teхnik hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun yagona maydon yaratish orqali hududning innovatsion imkoniyatlarini oshirish;
  • startap-loyihalarni joriy etish va hududning dolzarb muammolarini hal qilish uchun ilmiy va laboratoriya tadqiqotlarini oʻtkazish jarayoniga olimlar, kafedra ilmiy хodimlari, oliy ta’lim muassasalarining oʻqituvchilar va talabalarni jalb etish;
  • zamonaviy talablarga javob beruvchi malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek hududni sifatli yuqori teхnologiyali mahsulotlar va хizmatlar bilan ta’minlash maqsadida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish intergatsiyasini yanada mustahkamlash;
  • hududda yuqori teхnologiyali infratuzilma хususan zamonaviy laboratoriyalar va ishlab chiqarish maydonlarini yaratish, shuningdek venchur moliyalashtirish meхanizmidan foydalanish imkoniyatlarini nazarda tutgan holda ilmiy-teхnik va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda teхnopark rezidentlarini qoʻllab-quvvatlash;
  • yetakchi kompaniyalar vakillari, yuqori malakali mutaхassislar ekspertlar ishtirokida mahorat darslari, treninglar tashkil etish, shuningdek yoshlarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion-korporativ hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar oʻtkazish.