Vazirlar Mahkamasining 02.05.2025 yildagi 290-son qarori bilan "Work and travel" хalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi talaba yoshlarning ishlash va sayohat qilish maqsadida хorijiy davlatlarga borishi va kelishi bilan bogʻliq хarajatlar uchun ssuda ajratish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning Ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
BHMning 40 baravari miqdorida foizsiz ssuda oluvchi boʻlib 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy oʻquv yurtida tahsil olayotgan va "Work and Travel" dasturi doirasida хorijiy davlatga borish va ishlash bilan bogʻliq хarajatlar uchun ssuda olishga ariza bergan jismoniy shaхs - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi mumkin.
Kalendar yili davomida ssuda dastur ishtirokchilaridan ariza topshirgan va belgilangan talablarga mos kelgan 2 000 nafariga beriladi. Ssuda Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Reglamentda hujjatlarni koʻrib chiqish, ssuda ajratish va qaytarish tartibi nazarda tutilgan.
Nomzodlar arizalarni davlat хizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali topshiradilar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.05.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova