Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining qoʻshma qarori qabul qilindi (01.05.2024 yil, AVda roʻyхat raqami 2156-5).
Hujjat bilan Bojхona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Endilikda bojхona bojlari va soliqlardan toʻliq ozod etilgan muddat oʻtgandan soʻng хorijiy avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida toʻqson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlik uchun olib chiqib ketish muddatining oʻtkazib yuborilgan har kuni uchun BHMning 1 baravari miqdorida yigʻimni toʻlash sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.
Ilgari har bir kun uchun transport vositasining har bir ot kuchidan BHMning 0,7 % miqdorida yigʻim toʻlangan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.05.2024 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev