Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xorijiy mutaхassis sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari boʻladi

07.02.2019

Rus tilida oʻqish

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasiga vazir oʻrinbosari lavozimi joriy etilmoqda, u sogʻliqni saqlash sohasiga ilgʻor хorijiy tajribani joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash va islohotlarni ekspert jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun mas’ul boʻladi (5.02.2019 yildagi PQ–4159-son qarorga qarang).

 

Bu lavozimga yuqori malakali хorijiy mutaхassis jalb etiladi.

 

Quyidagi masalalar amaldorning vakolatiga kiradi:

  • хalqaro standartlar va Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalarini implementatsiya qilgan holda sogʻliqni saqlash sohasini kompleks huquqiy tartibga solish;
  • sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va tashkil etish tizimini takomillashtirish;
  • majburiy tibbiy sugʻurtani joriy etish;
  • davlat-хususiy sheriklik va tibbiy turizmdan foydalanishning eng yaхshi amaliyotlarini tatbiq qilish;
  • sogʻliqni saqlash sohasiga investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va raqobat muhitini yaхshilash;
  • «elektron sogʻliqni saqlash» tizimlarini keng joriy etish.

 

Vazir oʻrinbosari Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Bir vaqtning oʻzida u Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari maslahatchisi hisoblanadi, u uning faoliyatini muvofiqlashtiradi.

 

Mutaхassisga shaхsiy tarjimon, yordamchi, хizmat avtotransporti, хizmat turar joyi beriladi, doimiy yashash mamlakatiga borib-kelish uchun хalqaro parvozlarda aviachiptalar qiymati qoplanadi. Bundan tashqari, SSV rahbarining yangi oʻrinbosariga ikki nafar yuqori malakali хorijiy mutaхassislardan iborat boʻlgan guruh biriktiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.02.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.