Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xotin-qizlar qoʻmitasi va “Oila” markazi хodimlari toʻliq pensiya oladi

05.02.2018

 

Bunday imtiyoz Prezidentning 2.02.2018 yildagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida nazarda tutilgan. Hujjat matni OʻzAda joylashtirilgan.

 

2018 yil 1 martdan boshlab Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” markazi va ularning hududiy boʻlinmalari boshqaruv хodimlari tarkibiga kiruvchi pensionerlarga, ularning bu tashkilotlardagi faoliyati yagona boʻlgan taqdirda, pensiyalari toʻliq toʻlanadi. 

 

Shu tariqa, mazkur хodimlar 100% pensiya olishi uchun 2 ta shart joriy etildi:

 

1) Boshqaruv хodimlariga taalluqliligi. Bu, хususan, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori (4.10.2017 yildagi 795-son VMQ) boʻyicha belgilanishi mumkin;

 

2) Mazkur tashkilotlarda ish haqi va mulkiy daromadlardan (ijara toʻlovlari, omonatlar boʻyicha foizlar va h.k.) tashqari pensionerlar boshqa daromad olishlari mumkin emas. Ya’ni mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalar[1] boʻyicha ishlamasligi va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmasligi lozim.

 

Toʻliq pensiya olish huquqiga ega ishlovchi pensionerlarning boshqa toifalari bilan Ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda hamda bizning sharhimizda tanishish mumkin.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

Samir Latipov.

 


[1] Yoshga doir pensiyaning eng kam miqdoridan kam pensiya olingan taqdirda fuqarolik-huquqiy shartnoma qismida mazkur cheklov olib tashlanadi.