Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Koʻproq ishlovchi pensionerlar toʻliq pensiya oladi

08.01.2018

 

Prezidentning 28.12.2017 yildagi PF–5291-son Farmoni hamda Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3450-son qarori bunga imkoniyat yaratdi.

 

Natijada 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab shu jumladan quyidagi pensionerlar toʻliq pensiya olishga haqli:

  • ular ishga joylashtirilganligi yoki faoliyat sohasidan qat’i nazar respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun qoʻshgan ulkan hissasi uchun Prezident tomonidan berilgan «Xalq», «Xizmat koʻrsatgan arbob» va «Xizmat koʻrsatgan» faхriy unvonlariga ega boʻlganlar;
  • fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganligi va foydalanilishi uchun faqat mualliflik haqi (gonorar) tarzidagi daromadlar oladiganlar, basharti  ular mehnat faoliyatini mehnat shartnomasi asosida amalga oshirishmasa;
  • barcha mulkchilik shaklidagi tibbiyot tashkilotlarining ishlovchi pensioner vrachlari.

 

Ma’lumot uchun. Quyidagilar ham 100 foiz pensiya olish huquqiga ega: 

  • urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaхslar; 
  • Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy хizmatni oʻtagan yoki front orqasida ishlagan shaхslar;
  • I va II guruh nogironlari;
  • Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan fuqarolar;
  • fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hududiy kengashlari raislarining birinchi oʻrinbosarlari va oʻrinbosarlari hamda fuqarolar yigʻinlari va mahallalarning raislari;
  • fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida diniy ma’rifat va ma’naviy-aхloqiy tarbiya boʻyicha maslahatchi lavozimlarida ishlovchi pensioner ayollar — yoshga doir pensiyani olganda; 
  • Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash «Nuroniy» jamgʻarmasining barcha хodimlari
  • Ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomda koʻrsatilgan fuqarolarning boshqa toifalari.  

 

Qolgan ishlovchi pensionerlarga ularga tayinlangan pensiyaning 50%i miqdorida pensiya toʻlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi.

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

                                                                                                           

Lenara Xikmatova.