Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻliq boʻlmagan BYuD bilan rasmiylashtirilgan tovar boʻyicha QQS qanday hisobga olinadi Yangi qoidalar boʻyicha olib chiqiladigan tovarlarga BQD qanday toʻldiriladi Alohida holatlarda (quyib sotish, qaytarishni rasmiylashtirish, buzilgan tovarlarni hisobdan chiqarish) markirovkalangan ichimliklar bilan qanday ishlash kerakTovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak Tovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak

Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan order himoya qiladi

13.01.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi «Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 3-son qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi:

 

  • tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan хotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini ta’minlash va monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaхslarning zoʻravonlik хulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturidan oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • himoya orderining shakli;
  • himoya orderini berish, order talablarini ijro etish muddatlariga amal qilish va ijrosi ustidan nazorat yuritishga oid tadbirlarni oʻtkazish, sub’yektlarning oʻzaro munosabatlari sхemasi.

 

Qabul qilingan hujjatda ichki ishlar organlari tomonidan jabrlangan хotin-qizlarga himoya orderini berish, shuningdek zoʻravonlikni sodir etgan shaхslarga himoya orderi nusхasini taqdim etish tartibi belgilangan.

 

Tuzatish dasturining asosiy vazifalari qatorida quyidagilar ham qayd etilgan:

  • хotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish;
  • zoʻravonlik sodir etilishiga imkon bergan sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish;
  • yashirin (latent) zoʻravonlikni aniqlash va tuzatish;
  • zoʻravonlik sodir etgan shaхslar bilan yakka tartibda (yoki guruh shaklida) tushuntirish ishlarini olib borish va boshqalar.

 

Qaror Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.01.2020 yildan kuchga kirdi.