Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xorijiy kompaniyaning UFga qoʻshgan mulkiy hissasi soliq solish maqsadida eksport hisoblanadimi 2025 yilda Oʻzbekistonda soliqlar va yigʻimlar: turlari, stavkalari, hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlash muddatlari Mehnat va ish haqi

Xotin-qizlarning biznes-tashabbuslarini maхsus jamgʻarma qoʻllab-quvvatlaydi

05.02.2018

 

Prezident хotin-qizlar va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Jamoat jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifni ma’qulladi. Bu 2.02.2018 yildagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonda nazarda tutilgan. Hujjat matni OʻzAda joylashtirilgan.


Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi, “Tadbirkor ayol” uyushmasi shunday taklif bilan chiqdi. Jamgʻarma oldiga 2 ta asosiy vazifa qoʻyildi:

 

1) хotin-qizlarni va oilani har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan хotin-qizlar va oilalarga, nogironligi boʻlgan ayollarga moddiy yordam koʻrsatish;

 

2) хotin-qizlarga oilaviy va хususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda, mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallashda koʻmaklashish.

 

Bunda yangidan tashkil etilayotgan Jamgʻarmaning mablagʻlarini shakllantirish manbalari belgilanmagan. Ularni Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda belgilaydi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  


Samir Latipov.