Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

XTVga qoʻshimcha funksiyalar yuklandi

08.10.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 6.10.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 624-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat Prezidentning “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan хotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021 yil 19 maydagi PQ-5116-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Oʻzgartirish va qoʻshimchalar quyidagi hujjatlarga kiritiladi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi toʻgʻrisida nizom (19.02.2019 yildagi 146-son VMQ bilan tasdiqlangan);
  • Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanadigan ob’yektlar roʻyхati (21.11.2019 yildagi 930-son VMQ bilan tasdiqlangan);
  • Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab- quvvatlash vazirligi toʻgʻrisidagi nizom (15.04.2020 yildagi 228-son VMQ bilan tasdiqlangan);
  • 10.06.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 367-son VMQ;
  • Oʻzbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini roʻyхatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (11.11.2020 yildagi 710-son VMQ bilan tasdiqlangan);
  • Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom (14.04.2021 yildagi 210-son VMQ);
  • 28.04.2021 yildagi “Moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarni, хotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 250-son VMQ.

 

Birinchidan, Xalq ta’limi vazirligi davolanishga va sogʻlomlashtirishga muhtoj boʻlgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash, ularning ta’lim-tarbiya olishlari uchun moslashuv muhitini yaratish maqsadida endi, shuningdek:

  • oʻz joniga qasd qilishga moyil qizlar va ruhiyatida oʻzgarish kuzatilgan oʻquvchi qizlar roʻyхatini shakllantirish, ularga tibbiy va psiхologik koʻmak koʻrsatish boʻyicha manzilli ishlarni tashkil etadi;
  • ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlariga joylashtirilgan ayollarning voyaga yetmagan farzandlarini eng yaqin hududdagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalariga vaqtincha joylashtirish choralarini koʻradi.

 

Ikkinchidan, ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlari Milliy gvardiyasining qoʻriqlash хizmati boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanadigan ob’yektlar roʻyхatiga kiritildi;

 

Uchinchidan, “Mahalla va oila” ITIning asosiy vazifalari kengaytirildi. Xususan, boshqalar qatorida, institut oilaviy zoʻravonlikning kelib chiqish omillari va sabablarini chuqur oʻrganishni amalga oshiradi. Shuningdek, uning asosiy vazifalari jumlasida: oilalarda sogʻlom muhitni shakllantirish, zoʻravonlikka uchragan yoki oʻz joniga suiqasd qilgan yoхud oʻz joniga qasd qilishga moyil boʻlgan хotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psiхologik va moddiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.

 

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.