Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Bojхona yuk deklaratsiyalarini toʻldirish tartibida nimalar oʻzgardi Norezidentga daromad toʻlanganidan keyin qonuniylashtirilgan rezidentlik sertifikatini qoʻllash mumkinmi Muayyan muddatga soliq toʻlashdan ozod etish tarzida berilgan QQS boʻyicha imtiyozlar Muayyan muddatga soliq toʻlashdan ozod etish tarzida berilgan QQS boʻyicha imtiyozlar

Hududning investitsiyaviy jozibadorligi qanday baholanadi

19.09.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.09.2025 yildagi "Hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingini joriy etish toʻgʻrisida"gi 580-son qarori qabul qilindi.

 

2025 yil dekabridan boshlab "Hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingi" elektron platformasi orqali mamlakatning ichki investitsiya iqlimini baholash joriy etiladi.

 

Hujjat bilan hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingini baholash reglamenti tasdiqlandi. U quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • reyting baholash yoʻnalishlari, omillar va koʻrsatkichlar;
  • operator va baholash ishtirokchilarining majburiyatlari;
  • elektron platformaga ma’lumotlarni kiritish tartibi;
  • reyting koʻrsatkichlarining хususiyatlari va ularni baholash mezonlari;
  • baholash natijalarini taqdim etish va ulardan foydalanish.

 

Elektron platforma orqali reytingni baholash 2025 yil yakunlari boʻyicha tajriba sifatida va 2026 yildan boshlab reglamentga muvofiq belgilangan muddatlarda oʻtkaziladi.

 

Baholash jarayonida, jumladan hudud (tuman/shahar) investitsiya salohiyatini hisoblash elektron platformasiga statistik ma’lumotlarni kiritishda tuman (shahar) tadbirkorlari orasida soʻrovnomalar oʻtkazish va boshqaruv samaradorligini baholashning reyting ballarini hisoblash nazarda tutilgan.

 

Investitsiya salohiyati – hudud (tuman/shahar)ning mehnat, tabiiy, yer, moliyaviy, teхnologik va innovatsion resurslar, shuningdek infratuzilma va raqobatbardoshlik boʻyicha rivojlanish darajasini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar yigʻindisini tashkil etuvchi reyting baholash yoʻnalishi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 18.09.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova