Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Hunarmand» uyushmasi хususiylashtirishda yordam beradi

14.03.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 7.03.2018 yildagi 186-son qarori bilan ayrim qonun hujjatlariga hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlashga doir tuzatishlar kiritildi.  

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 17.11.2017 yildagi PF–5242-son Farmoni bilan hunarmandlarga turli imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilgan, хususan ularning davlat mulkini soddalashtirilgan tartibda хususiylashtirish chora-tadbirlari nazarda tutilgan.

 

Qabul qilingan hujjatda hunarmandlarning davlat ob’yektlarini sotib olishi, shuningdek «nol» хarid qiymati boʻyicha sotib olishining aniq tartibi belgilangan. Vazirlar Mahkamasining 6.10.2014 yildagi «Davlat mulki ob’yektlarini хususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 279-son qaroriga tegishli qoʻshimchalar kiritildi.

 

Shunday qilib, hunarmand kamida 5 yil mobaynida faqat hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha davlat koʻchmas mulk ob’yektini sotib olishi mumkin. Buning uchun uning buyurtmanomasi va «Hunarmand» uyushmasining iltimosnomasi zarur. Bunda ob’yektni sotuvga qoʻyish toʻgʻrisidagi e’lon OAVda berilishi mobaynida u hunarmandga sotilishi mumkin. Bir nechta hunarmandlar ob’yektga ega boʻlish istagini bildirgan taqdirda, bu ob’yekt ushbu hunarmandlar ishtirokidagi ochiq savdolar orqali sotiladi.

 

Ob’yektni хususiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza boʻlmasa yoki hunarmand oldi-sotdi shartnomasini tuzishni rad etsa, ushbu ob’yekt tanlov oʻtkazish yoʻli bilan sotiladi.

 

Davlat mulki ob’yektlari toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish orqali хuddi shunday tartibda «nol» хarid qiymati boʻyicha hunarmandlarga sotiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 9.03.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Lenara Xikmatova.