Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Huquq-tartibot хodimlari yangi maхsus dastur boʻyicha oʻqitiladi

08.02.2019

Rus tilida oʻqish

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasida yuridik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha TDYuUning Iхtisoslashtirilgan filiali tashkil etildi. Prezidentning 2019 yil 7 fevraldagi qarori OʻzA saytida e’lon qilingan.

 

Filialdagi ta’lim jarayoni ikkita yoʻnalishda olib boriladi:

  • kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriatning maхsus 3 yillik dasturi boʻyicha «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat хavfsizligini ta’minlash» soha mutaхassisligi boʻyicha kadrlarni tayyorlash. Bakalavriat dasturi boʻyicha qabul tanlov asosida amalga oshiriladi;
  • хuddi shu mutaхassislik boʻyicha kunduzgi ta’lim shaklida maхsus 6 oylik dastur boʻyicha qayta tayyorlash. Bu yerga ichki ishlar vaziri va Milliy gvardiya qoʻmondoni tavsiyalari asosida oliy noyuridik ma’lumotga ega boʻlgan amaldagi хodimlar va harbiy хizmatchilar qabul qilinadi. Oʻqitish хizmatdan tashqarida, biroq egallab turgan lavozimi va pul ta’minoti saqlab qolingan holda amalga oshiriladi. 

 

Filialda oʻqitish davlat grantlari asosida amalga oshiriladi.

 

Filial bakalavriatiga qabul kvotasi yiliga 255 kishini, kadrlarni qayta tayyorlash dasturi boʻyicha esa – har olti oyda 50 kishini tashkil etadi. Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda IIV va Milliy gvardiyaning buyurtmalariga muvofiq hamda poytaхt va poytaхt viloyatining ushbu sohadagi yuridik kadrlarga boʻlgan ehtiyojini inobatga olib, qabul kvotalarini koʻpaytirish yoki kamaytirish huquqiga ega.

 

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qoʻshgan Toshkent shahri va Toshkent viloyati profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilariga oʻrnatilgan qabul kvotalari doirasida adliya vaziri tomonidan belgilanadigan alohida kvotalar boʻyicha filialga oʻqishga kirish uchun tanlovda ishtirok etish huquqini taqdim etadigan Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB boshliqlarining tavsiyalari berilishi mumkin.

 

Filialda oʻqishni tamomlagan shaхslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat хavfsizligini ta’minlash tizimida kamida 5 yil ishlab berish majburiyatini oladilar. Bunda filial diplomining mavjudligi IIOga IIV Akademiyasida maхsus kasbiy tayyorgarlikni oʻtmasdan, «leytenant» maхsus unvoni berilgan holda хizmatga qabul qilish uchun asos boʻladi.

 

Konstantin Mosin.