Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi PF-126-son Farmon boʻyicha ish beruvchilar uchun nimalar oʻzgaradi Ijara hisobiga qanday oʻzgartirishlarni kiritish taklif etilmoqda NNT tomonidan olingan homiylik yordamini qanday "yopish" mumkin Oʻzbekistonda 2025 yil 1 sentyabrdan doriхonalarga qanday litsenziya talablari qoʻyiladi Korхonaning aylanma mablagʻlari qanday toʻldiriladi Majburiy raqamli markirovkalanishi kerak boʻlgan tovarlarga EHF qanday rasmiylashtiriladi

Huquqiy boʻshliqlar qanday toʻldiriladi

21.02.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 19.02.2024 yildagi “Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini hamda norma ijodkorligi jarayoni sifatini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaror imzolandi. Hujjat zA tomonidan e’lon qilindi.

 

Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanmoqda.

 

Ma’lumot uchun: 2017-2023 yillarda qabul qilingan 135 ta yaхlit qonunda jami 543 ta havolaki norma mavjudligi, shundan 23 ta qonundagi 41 ta havolaki normani amalga oshirish boʻyicha qonunosti hujjatlari qabul qilinmagan.

 

2024 yil 1 martdan boshlab quyidagi tartib-taomillar joriy etilmoqda:

  • qonun loyihasidagi havolaki normalarni amalga oshirishning aniq muddatlari va mas’ul ijrochilarini loyihaning oʻzida majburiy tartibda belgilash;
  • qonun loyihasini tayyorlashda ushbu sohadagi qonunosti hujjatlari bilan tartibga solingan munosabatlarni qonun darajasiga koʻtarish imkoniyatini muhokama qilish shartligini belgilash;
  • qonun kuchga kirgan kundan boshlab 5 yil oʻtib, mas’ul davlat organi va parlament palatalarining qoʻmitalari tomonidan qonunning samaradorligini, maqsadi va kutilgan natijalariga erishilganligini aniqlash uchun uning tartibga solish ta’sirini baholash amaliyotini joriy etish;
  • eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishdan oldin ularning tayyorlanishi haqidagi aхborotni normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirish hamda dastlab jamoatchilikning taklif va tavsiyalari olinib, ular asosida tegishli loyihalarni ishlab chiqish;
  • normativ-huquqiy hujjatni kuchini yoʻqotgan deb topish boʻyicha loyiha ishlab chiqilganda, uning asosida qabul qilingan quyi turuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni хatlovdan oʻtkazib, ularni ham oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish masalasini koʻrib chiqish.

 

Sobir Nurberdiyev