Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Huquqiy targʻibot faolroq oʻtkaziladi

14.04.2017


Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 apreldagi 175-son qarori bilan yangi Huquqiy targʻibot va ma’rifat boʻyicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.  

 

Ilgari amalda boʻlgan Huquqiy targʻibot va ma’rifat boʻyicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo kengash toʻgʻrisidagi nizom (Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 23 iyuldagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan) oʻz kuchini yoʻqotdi.

 

Nizom 2017 yil 8 fevraldagi PQ-2761-son Prezident qaroriga muvofiq Idoralararo kengashning hududiy komissiyalari tashkil etilishi munosabati bilan yangilandi. Umuman olganda, yangi va eski Nizom oʻrtasida prinsipial farqlar yoʻq, faqatgina yuqoridagi Prezident qaroriga binoan Idoralararo kengashning vazifalari kuchaytirilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, Idoralararo kengash 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 10 aprelda kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.