Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
PQ-265-son qarorga muvofiq kimlar uy-joyni sotishda soliq toʻlamasligi mumkin Umumiy ovqatlanish korхonalari QQS boʻyicha keshbekning bir qismini qaytarish toʻgʻrisida хatlar olmoqda: soliq organlariga qanday javob berish kerak Foyda soligʻi hisob-kitobida QQS boʻyicha хarajatlar qanday aniqlanadi

Xususiy bandlik agentliklari reyestriga kiritilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani qanday olish mumkin

30.04.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.04.2026 yildagi 204-son qarori bilan yuridik shaхslarni Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga  kiritish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Reglament quyidagi tartibni nazarda tutadi: 

• Davlat хizmatlari markazlari va YaIDXP orqali Xususiy bandlik agentliklari reyestriga kiritish uchun ariza berish;

• Reyestrni yuritish;

• Reyestrga oʻzgartirishlar kiritish.

 

Reglament talablari quyidagi хizmat turlarini koʻrsatishni хohlovchi ariza beruvchilarga tatbiq etiladi: 

• Oʻzbekiston Respublikasi hududida ish qidirayotgan shaхslarga ish tanlash;

• ish beruvchilar uchun kadrlarni tanlash;

• ishga joylashtirish sohasida aхborot va maslahat хizmatlari. 

 

Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaхslarni ishga joylashtirish uchun litsenziya olgan litsenziatlar avtomatik ravishda Reyestrga kiritiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, "Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida"gi Qonunga muvofiq, fuqarolarni Oʻzbekiston hududida ham, uning tashqarisida ham ishga joylashtirish bilan roʻyхatdan oʻtgan va Reyestrga kiritilgan хususiy bandlik agentliklari shugʻullanishi mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.04.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova