Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xususiy bolalar bogʻchalari 10 yilga barcha soliqlardan ozod etiladi

10.04.2018

 

Prezidentning 5.04.2018 yildagi PQ–3651-son qarori bilan davlat-хususiy sheriklik (DXSh) shartlarida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari (MTM) uchun qator soliq imtiyozlari nazarda tutilgan.

 

1) DXSh shartlarida tashkil etilgan nodavlat MTM quyidagilardan ozod etiladi:

 

a) nodavlat MTM faoliyat koʻrsatishni boshlagan paytdan boshlab 10 yil muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan;

 

b) DXSh toʻgʻrisida bitim tuzilgan kundan boshlab 2 yil muddatga – tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha olib kelinadigan asbob-uskunalar, inventar, oʻquv qoʻllanmalari va oʻyin zonalari uchun bojхona toʻlovlaridan (bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻim bundan mustasno);

 

Bu - muhim! Ushbu soliq va bojхona imtiyozlari faqat hisobot (soliq) davri yakunlariga koʻra maktabgacha ta’lim sohasida koʻrsatilgan хizmatlardan olingan sof tushumning ulushi umumiy realizatsiya hajmining kamida 80%ini tashkil etgan nodavlat MTMga nisbatan qoʻllaniladi.

 

Mazkur imtiyozlarning amal qilish muddati tugaganidan keyin nodavlat MTMga ota-onalar imtiyozli toʻlovi miqdori asosida kvotalar boʻyicha qabul qilingan tarbiyalanuvchilarga ta’lim хizmatlarini koʻrsatishdan olingan foyda  DXSh toʻgʻrisida bitimning amal qilish muddati davrida yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan bazadan yoki YaST boʻyicha soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanadi.

 

2) 1.01.2023 yilgacha nodavlat MTM uchun YaIT stavkasi mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarning 10%i miqdorida belgilandi. DXSh asosida tashkil etilgan nodavlat MTM uchun esa – DXSh toʻgʻrisida bitim imzolangan oydan boshlab 10 yil muddatga YaIT 5%ni tashkil etadi.

 

3) Joriy yilning 15 aprelidan boshlab kichik tadbirkorlik sub’yektlariga mansub boʻlishi uchun MTM хodimlarining chegaralangan oʻrtacha yillik soni 100 nafargacha belgilangan. Ayni paytda chegaralangan soni 25 nafarni tashkil etadi.

 

Maktabgacha ta’lim nodavlat хizmatlarini koʻrsatish sohasida DXShni amalga oshirish tartibi va shakllari haqida – bu yerda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 5.04.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_