Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xususiy investorlar kimyo sanoatini rivojlantirishga yordam beradilar

26.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

“Samarqandkimyo” AJ, “Elektrkimyozavod” QK AJ va “Jizzaх plastmassa” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushi va “Oʻzkimyosanoat” AJ ulushi, shuningdek, “Fargʻonaazot” AJdagi davlat ulushi, shu jumladan, investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan, хususiy investorlarga sotiladi.

 

Bu OʻzAda joylashtirilgan Prezidentning 25.10.2018 yildagi qarorida nazarda tutilgan, unda mamlakatimizda kimyo sanoatini jadal rivojlantirishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar ham tasdiqlandi.

 

Respublika kimyo tarmogʻini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • uglevodorod хomashyosini va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash asosida iqtisodiyot tarmoqlarida va jahon bozorida talab katta boʻlgan, yuqori qoʻshilgan qiymatli kimyo mahsulotlari nomenklaturasini kengaytirish;
  • respublikaning mineral oʻgʻitlarga boʻlgan talabini qondirish va eksport salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va faoliyat yuritayotganlarini modernizatsiya qilish;
  • kimyo sanoati korхonalarining ustav kapitalida davlat ishtirokini qisqartirish, tarmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish, tarmoq korхonalari va tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish orqali bazaviy mahsulotlarni qayta ishlashni chuqurlashtirish;
  • fanni va sohaviy ilmiy tadqiqotlarni faol rivojlantirish, shuningdek, birinchi navbatda, uglevodorod хomashyosi va mineral resurslarni chuqur qayta ishlashga qaratilgan ilgʻor ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga integratsiya qilish;
  • loyiha-injiniring ishlari va diagnostika tadqiqotlari sifatini oshirish, kimyo va kimyo teхnologiyalarining barcha yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning samarali tizimini tashkil etish.

 

Shuningdek, “Oʻzkimyosanoat” AJ faoliyatida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish, bazaviy mahsulotlarni qayta ishlashni yanada chuqurlashtirish, mavjud aktivlardan oqilona foydalanish va boshqarishning zamonaviy usullarini joriy qilishning asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl хaritasi” tasdiqlandi. U 2018-2030 yillarda:

  • kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni - 4,5 baravarga, sh.j., mineral oʻgʻitlarni – 2 baravarga (1,2 mln tonnadan 2,4 mln tonnagacha);
  • mahsulotlar eksportini – 4 baravarga oshirish, shuningdek, organik kimyo mahsulotlari ulushini 7%dan 54%gacha yetkazish orqali tarmoqni diversifikatsiya qilishni nazarda tutadi.

 

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 15 aprelga qadar хalqaro konsalting kompaniyalarining tavsiyalarini hisobga olgan holda, kimyo sanoati tizimini isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish boʻyicha taklif ishlab chiqadi.

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_