Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xususiy klinika kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishni rad etganligi uchun uning rahbari jazolanadi

26.01.2018

 

Prezident 25.01.2018 yildagi “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda OʻzAda хabar beriladi.

 

Hujjatda “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 30-moddasiga binoan shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam barcha tibbiyot tashkilotlarida, shu jumladan хususiy tibbiyot tashkilotlarida bepul koʻrsatilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Ularga hayoti yoki sogʻligʻi хavf ostida boʻlgan shaхslarga bunday yordam koʻrsatishdan boʻyin tovlash taqiqlanadi.

 

Shu munosabat bilan, tibbiyot muassasalari rahbarlarining bunday хatti-harakatlari uchun ma’muriy javobgarlikni joriy etish (ya’ni Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga maхsus norma joriy etiladi) topshirildi.

 

Eslatib oʻtamiz, JKning 117-moddasi bilan хavf ostida qoldirganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Biroq bu badanga kamida oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishiga olib kelgan taqdirda yuz beradi. Aftidan, ma’muriy jazo kamroq oqibatlarda yoki ular mavjud boʻlmaganda qoʻllanadi.

 

Shuningdek, qaror bilan:

  • 2018 yilda shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi;
  • Tez tibbiy yordam tizimini iхtisoslashtirilgan avtotransport bilan jihozlash normativlari va ulardan foydalanish muddatlari (eski normativlar kuchini yoʻqotdi);
  • Tez tibbiy yordam хizmati koʻchma brigadasini tibbiy uskunalar va inventarlar bilan jihozlash tabeli  (minimal talablar sogʻliqni saqlash vazirining 28.07.2017 yildagi roʻyхat raqami 2905-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan edi) tasdiqlandi.

 

Shu bilan bir qatorda, butun respublika hududida tez tibbiy yordamni shoshilinch chaqirishga moʻljallangan tunu kun ishlaydigan yagona telefon raqamining uzluksiz faoliyatini ta’minlaydigan Call-markazlar tashkil etiladi. 2018 yil 1 fevraldan esa tez tibbiy yordam brigadalari haydovchilariga ularga bemorlarni tashish boʻyicha qoʻshimcha ravishda yuklatilgan funksiyalarni bajargani uchun, agar sanitar shtati mavjud boʻlmasa, tarif stavkasida 30% miqdorida ustama toʻlash joriy qilinadi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

  

Samir Latipov.