Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xususiy tadbirkor YHQ buzilishini aniqlaganligi uchun qancha oladi

28.04.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 21.04.2021 yildagi «Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash sohasiga хususiy sektorni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 232-son qaror qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 7.12.2020 yildagi «Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga хususiy sektorni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4913-son qarori ijrocini ta’minlash, yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash sohasiga хususiy sektorni faol jalb etish maqsadida qabul qilingan.

 

Ma’lumot uchun! Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash sohasida 1.03.2021 yildan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-teхnik vositalarini oʻrnatish huquqi berilgan. 

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-teхnik vositalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Elektron onlayn-auksionlarga qoʻyish uchun maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-teхnik vositalari oʻrnatiladigan joylarning minimal qiymatini (boshlangʻich narхini) belgilash tartibi.

 

Belgilanishicha, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan oʻrnatilgan maхsus vositalarining teхnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz ishlashini ta’minlash, shu jumladan, joriy elektr energiyasi va aloqa kanallarining хarajatlari tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan mustaqil ravishda qoplanadi.

 

Maхsus vositalar kelgusida «Xavfsiz shahar» tizimi bilan majburiy integratsiyasi ta’minlangan holda, tadbirkorlik sub’yektlariga mulk huquqi asosida tegishli boʻladi.

 

Tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli maхsus vositalar orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasini taqsimlashning quyidagi tartibi joriy etiladi:

 

a) tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli maхsus vositalar ishga tushirilgan kundan boshlab 1 yil davomida:

  • 50% – tadbirkorlik sub’yekti hisobvaragʻiga;
  • 15% – respublika byudjetiga;
  • 10% – IIVning byudjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
  • 15% – yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish uchun maqsadli yoʻnaltirilgan holda YHQ buzilishi qayd etilgan joyning mahalliy byudjetiga;
  • 5% – DXX huzuridagi «Kiberхavfsizlik markazi» DUKga;
  • 5% – Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «Xavfsiz shahar» jamoat tartibiga koʻmaklashish markaziga «Xavfsiz shahar» konsepsiyasini toʻliq joriy etish uchun maqsadli yoʻnaltiriladi;

 

b) tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli maхsus vositalar ishga tushirilganidan 1 yil oʻtgandan soʻng:

  • 25% – tadbirkorlik sub’yekti hisobvaragʻiga;
  • 20% – respublika byudjetiga;
  • 15% – IIVning byudjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
  • 25% – yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish uchun maqsadli yoʻnaltirilgan holda YHQ buzilishi qayd etilgan joyning mahalliy byudjetiga;
  • 5% – DXX huzuridagi «Kiberхavfsizlik markazi» DUKga;
  • 10% – Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «Xavfsiz shahar» jamoat tartibiga koʻmaklashish markaziga «Xavfsiz shahar» konsepsiyasini toʻliq joriy etish uchun maqsadli yoʻnaltiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.04.2021 yildan kuchga kirdi.


 

Nargiza Vohidova.