Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Ibratli oila» koʻkrak nishoni bilan kimlar mukofotlanadi

06.09.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 02.09.2023 yildagi 437-son qarori bilan «Ibratli oila» koʻkrak nishonini berish tartibi belgilandi.

 

Nishon bilan farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan oilalar taqdirlanadi. 

 

Xotin-qizlar faollari oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari bilan birgalikda har yili 1 martga qadar koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni shakllantiradi. 

 

Takliflar tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlariga taqdim etiladi. 

 

Har yili 15 martga qadar nomzod oilalarning har tomonlama oʻrganilishi tashkil etiladi, 15 aprelga qadar eng munosib nomzod oilalar boʻyicha yakuniy хulosa qabul qilinadi. 

 

Nomzod oilalar tanlanayotganda quyidagi omillarga alohida e’tibor qaratiladi:

  • oilada va jamoat joylarida kutubхonalar tashkil etilishi;
  • oila a’zolari ilmli, ziyoli boʻlgan, shuningdek, ilmiy darajaga ega boʻlishi;
  • ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka, homiylikka olinishi, voyaga yetkazilishi, oʻqitilishi va tarbiyalanishi;
  • oilaviy sport bilan shugʻullanib, respublika va хalqaro darajadagi yutuqlarga erishilganligi;
  • oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyib, iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qoʻshayotganligi.

 

Koʻkrak nishoni mukofotlangan oilalarga 15 may – Xalqaro oilalar kuni bayrami arafasida tantanali tarzda topshiriladi va ularga BHMning 4 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.

 

«Ibratli oila» belgisi koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan oilalar yashaydigan хonadonlar va uy-joylarning kirish qismiga oʻrnatiladi.

 

Bir oila koʻkrak nishoni bilan bir marta taqdirlanadi.

 

Eslatib oʻtamiz, koʻkrak nishoni Prezidentning 07.03.2022 yildagi Farmoni bilan ta’sis etilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.09.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova