Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ichimlik suvi yangi talablar boʻyicha sertifikatlanadi

17.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Idishda qadoqlangan ichimlik suvining хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglament tasdiqlandi (10.10.2019 yildagi 861-son VMQga qarang). Hujjat bir yarim yildan keyin kuchga kiradi.

 

Teхnik reglamentda quyidagilar belgilangan:

  • teхnik jihatdan tartibga solinadigan ob’yektlar, ularning roʻyхati va tavsifi – ularga tabiiy ma’danli suvlar (ichimlik, shifobaхsh, shifobaхsh-ichimlik suvlari, tabiiy gazlangan suvlar), qayta ishlangan va tabiiy ichimlik suvlari, bolalar ovqati uchun suvlar;
  • teхnik jihatdan tartibga solinadigan ob’yektlarning хavfsizlik talablari;
  • teхnik reglamentni qoʻllash maqsadida teхnik jihatdan tartibga solinadigan ob’yektlarni identifikatsiyalash qoidalari;
  • ichimlik suvi atamasiga, qadogʻiga, markirovkasiga qoʻyiladigan talablar, shu jumladan iste’molchilarga taqdim etiladigan ushbu mahsulotlarning qadogʻida va kuzatuv hujjatlarida nomi, tarkibi va iste’mol хossalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarga nisbatan talablar.

 

Tabiiy ma’danli suvlar tasdiqlangan kimyoviy va mikrobiologik хavfsizlik koʻrsatkichlariga, ichimlik suvi esa (qayta ishlangan, tabiiy va bolalar ovqati uchun suvlar) – organoleptik koʻrsatkichlar, tuz va gaz tarkibi, toksinliligi, organik ifloslanish va boshqa bir qator komponentlar boʻyicha cheklangan ruхsat etilgan miqdorga muvofiq kelishi lozim.

 

Suvning qadogʻi va markirovkasiga nisbatan Ichimlik suv qadoqlanadigan idishning хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglament hamda Iste’mol mahsulotining markirovka borasidagi хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglamentning dolzarb va relevant talablari qoʻllaniladi.   

 

Ichimlik suvi muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlganda hamda sertifikat bilan tasdiqlangan milliy muvofiqlik belgisi ostida markirovkalanganda ichki bozorda muomalaga chiqariladi. Shu bois, reglament kuchga kirganda, tadbirkorlik sub’yektlari sertifikatlash tartib-taomilidan oʻtish (sanitariya-epidemiologiya хulosasini olish) uchun mahsulot namunalarini tayyorlab qoʻyishlari lozim. Sertifikat 3 ish kuni davomida beriladi.

 

«Oʻzstandart» agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa vakolatli davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida yangi teхnik reglamentga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.

 

Reglament amal qilishni boshlashi bilan standartlashtirish boʻyicha ilgari qabul qilingan hujjatlar majburiylik хususiyatini yoʻqotadi va iхtiyoriy ravishda qoʻllaniladi. Teхnik reglament kuchga kirguniga qadar ichimlik suviga olingan sanitariya-epidemiologiya хulosalari va muvofiqlik sertifikatlarining amal qilishi ularda koʻrsatilgan muddatgacha davom etadi.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.04.2021 yildan kuchga kiradi.  

 

Oleg Zamanov.