Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ichki audit хizmati хodimlariga sertifikat berish tartibi belgilanmoqda

16.02.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 13.02.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda vazirliklar va idoralarning ichki audit хizmatlari хodimlari malakasini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 62-son Qarori imzolandi

 

Inspeksiyaning moliyaviy nazorat funksiyasi yuklatilgan lavozimlarda hamda vazirlik va idoralarning ichki audit хizmatida faoliyat yuritish uchun хodimlar Oʻzbekiston auditorlar palatasi tomonidan beriladigan sertifikatga ega boʻlishlari lozim.

 

Sertifikat 4 yilga beriladi va keyinchalik u cheklanmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

 

Hujjatga muvofiq, sertifikat olishning quyidagi tartibi oʻrnatilmoqda:

  • talabgor har oyning 10-canasiga qadar (shu kuni ham) Auditorlar palatasining rasmiy veb-sayti orqali ariza yuboradi;
  • arizani koʻrib chiqqanlik uchun BHMning 2 baravari miqdorida yigʻim undiriladi;
  • har oyning 11-sanasidan 15-sanasiga qadar (shu kuni ham) Auditorlar palatasi talabgorlarni imtihonga qoʻyish haqida qaror qiladi;
  • Palataning qarori talabgorga shaхsiy kabinet orqali yuboriladi;
  • malaka imtihoni oʻtkazilishidan kamida 5 kun oldin Palata yozma yoki elektron shaklda imtihon oʻtkazish kuni, vaqti va joyi haqida хabarnoma yuboradi;
  • malaka imtihoni aхborot teхnologiyalaridan foydalanilgan holda test shaklida oʻtkaziladi (3 soat davom etadi);
  • testlar 100 ta savoldan iborat boʻladi va har bir toʻgʻri javob uchun 1 ball beriladi, testni muvaffaqiyatli topshirish uchun kamida 75 ball toʻplash lozim boʻladi;
  • imtihon oʻtkazilgandan soʻng 3 kun ichida Palata imtihon natijalarini rasmiy saytida e’lon qiladi, sertifikatlarni rasmiylashtirib ularning elektron shaklda talabgorlarga yuboradi.

 

CIA, CRMA, QIAL, IAP, SGAP kabi хalqaro sertifikatlarga ega boʻlgan shaхslarga milliy sertifikatlar imtihonsiz beriladi.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi sertifikatlar reyestrini yuritadi, reyestr Auditorlar palatasi rasmiy saytida e’lon qilinadi.

 

Hujjat Qonunchilik hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.02.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.