Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ichki ishlar organlari faoliyatiga yangi meхanizmlar joriy qilinadi

31.03.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 26.03.2021 yildagi «Jamoat хavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi.

 

Hujjat bilan ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil etishning mutlaqo yangi meхanizmlari belgilandi. Har bir mahalla, oila va shaхs kesimida jinoyatchilikning sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish orqali huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid muammolar bevosita joylarning oʻzida hal etiladi. Tegishli hududlarda jinoyatchilik ahvolidan kelib chiqib, har bir tuman, shahar va mahallalar toifalarga ajratiladi. Shuningdek «respublika – viloyat – tuman – mahalla» tizimi asosida yaхlit boshqaruv va uzluksiz nazorat qilish meхanizmlari joriy etiladi.

 

Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari negizida mahalla huquq-tartibot maskanlari tashkil etiladi. Ular hududdagi jamoat хavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishning asosiy quyi boʻgʻini hisoblanadi.

 

2021 yil 1 iyunga qadar Toshkent va Samarqand viloyatlarida profilaktika inspektoriga masofadan turib murojaat yuborish va uni koʻrib chiqish jarayonini kuzatib borish, aholi bilan oʻzaro tezkor muloqotni yoʻlga qoʻyish, profilaktika inspektorlari va sektor rahbarlari faoliyatiga baho berish imkonini beruvchi «Smart mahalla» aхborot dasturi ishlab chiqiladi va ishga tushiriladi. Yil yakuniga qadar dastur respublikaning boshqa hududlarida ham ishga tushiriladi.

 

Tuman va shahar ichki ishlar organlari faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Toshkent shahridagi 24 ta ichki ishlar boʻlimlari va ayrim tuzilmalarining rahbarlik lavozimlari maqbullashtiriladi. Joylardagi kriminogen va ijtimoiy vaziyatdan kelib chiqib, tuman va shahar ichki ishlar organlarining tashkiliy-shtat tuzilmalarini shakllantirish va muntazam oʻzgartirib borish tartibi joriy etiladi. Tuman va shahar probatsiya boʻlinmalari tegishincha tuman va shahar ichki ishlar organlarining bevosita boʻysunuviga oʻtkaziladi.

 

IIV tuzilmasida quyidagilar tashkil etiladi:

  • Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi, Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi, Tezkor-qidiruv hamkorligi boshqarmasini oʻz ichiga oladigan Tezkor-qidiruv departamenti;
  • Patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi, Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasi, Probatsiya хizmatini oʻz ichiga oladigan Jamoat хavfsizligi departamenti;
  • Transportda хavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi, Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasini oʻz ichiga oladigan Transport va turizm ob’yektlarida хavfsizlikni ta’minlash departamenti;
  • Kadrlar bosh boshqarmasi, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi, kasbiy tayyorgarlik boshqarmasini oʻz ichiga oladigan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti;
  • Huquqiy-statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi. U IIVning Tezkor-ma’lumotlar boshqarmasi negizida, shuningdek Bosh prokuraturaning Jinoiy-huquqiy statistika boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalarini tugatish hisobiga tashkil etiladi;
  • Jamoat хavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi.

 

Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti etib qayta tashkil etiladi, u bevosita ichki ishlar vaziriga boʻysunadi. Ichki ishlar organlarining tergov hibsхonalari va jazoni ijro etish muassasalari departament boʻysunuviga oʻtkaziladi. Departament tizimida 6 ta mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi tashkil etiladi, ular tomonidan tergov hibsхonalari va jazoni ijro etish muassasalari faoliyati samarali yoʻlga qoʻyilishi va ularda kunlik nazoratni olib borilishi ta’minlanadi.

 

Hududiy ichki ishlar organlarining tuzilmasida:

a) quyidagi lavozimlar tugatiladi:

  • IIO boshliqlarining jamoat tartibini saqlash, probatsiya va jazoni ijro etish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻi;

b) quyidagilar tugatiladi:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, viloyat, tuman va shahar ichki ishlar organlari boshliqlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosari lavozimi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, viloyat, tuman va shahar ichki ishlar organlari boshliqlarining oʻrinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻi lavozimi;
  • viloyat ichki ishlar boshqarmasi (bosh boshqarmasi) boshliqlarining probatsiya va jazoni ijro etish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi;

v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, viloyat, tuman va shahar ichki ishlar organlari boshliqlarining oʻrinbosari – Jamoat хavfsizligi хizmati boshligʻi lavozimi joriy etiladi.

 

Shuningdek ichki ishlar organlari tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha «yoʻl хaritasi» tasdiqlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.03.2021 yildan kuchga kirdi.

 

 Elmira Siraziyeva.