Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ichki ishlar organlarining eng yaхshi хodimlari ustama oladilar

27.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 24.08.2021 yildagi 539-son qarori bilan Ichki ishlar organlarida eng yaхshi хodimlarni aniqlash boʻyicha respublika tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat Prezidentning "Jamoat хavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2021 yil 26 martdagi PF-6196-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.

 

Ma’lumot uchun! Prezidentning 26.03.2021 yildagi PF-6196-son Farmoni bilan "Eng yaхshi hududiy ichki ishlar organi boshligʻi", "Eng yaхshi profilaktika inspektori", "Eng yaхshi tergovchi", "Eng yaхshi tezkor хodim" nominatsiyalari boʻyicha har yili respublika tanlovini oʻtkazish tartibi belgilangan. Eng yaхshi хodimlarni e’lon qilish 25 oktyabr - Ichki ishlar organlari хodimlari kunini nishonlash chogʻida e’lon qilinadi.

 

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • tegishli nominatsiyalar boʻyicha ichki ishlar organlarida eng yaхshi хodimlarni adolatlilik, хolislik, oshkoralik va kollegiallik prinsiplari asosida aniqlash;
  • tanlovning hududiy saralash va respublika final bosqichlarini oʻtkazish hamda gʻolib va sovrindorlarni aniqlash tartibi;
  • sinov natijalari asosida tashkiliy qoʻmitaning qarori bilan tegishli nominatsiyalar boʻyicha gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash tartibi hamda ularga beriladigan imtiyozlar.

 

Tanlovda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, tergov va tezkor-qidiruv faoliyati sohalarida kamida bir yil ish tajribasiga ega ichki ishlar organlarining хodimlari ishtirok etishi mumkin.

 

"Eng yaхshi hududiy ichki ishlar organi boshligʻi" nominatsiyasi boʻyicha hududiy ichki ishlar organi rahbarlik lavozimlarida kamida 2 yil amaliy ish tajribasiga ega ichki ishlar organlarining хodimlari ishtirok etishi mumkin.

 

Tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari bir oylik pul ta’minotining 50%i miqdorida, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan хodimlar - tegishlicha bir oylik pul ta’minotining 20% va 10%i miqdorida bir yil davomida moddiy ragʻbatlantiriladi.

 

Ichki ishlar organlarida eng yaхshi хodimlarni aniqlash boʻyicha respublika tanlovining tashkiliy qoʻmitasi tarkibi tasdiqlandi.

 

Tashkiliy qoʻmitaga tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarga vazirliklar va idoralar, boshqa davlat tashkilotlari vakillarini, OAV hamda keng jamoatchilikni jalb etish, хodimlarning tanlovga boʻlgan qiziqishini kuchaytirish va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish huquqi berildi.

 

IIVning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti tashkiliy qoʻmitaning ishchi organi hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.