Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ifloslantirganlik uchun kompensatsiya: 2019 yildan yangicha hisoblanadi

17.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 11.10.2018 yildagi 820-son qarori bilan chiqindilar joylashtirilganligi va atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarining bazaviy stavkalari, shuningdek hisob-kitoblarning yangi tartibi tasdiqlandi.

 

Yangi tartib keyingi yilning 1 yanvaridan amal qila boshlaydi, avvalgisi shu sanadan boshlab oʻz kuchini yoʻqotadi.

 

Eslatib oʻtamiz, atrof tabiiy muhitni (bundan keyin – ATM) ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiyani quyidagilar toʻlaydilar:

  • respublika hududida ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlovchi, oqava oqizuvchi va chiqindilarni joylashtiruvchi yuridik shaхslar;
  • yuridik shaхslar hamda shaharlar va boshqa aholi punktlari kommunal-kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizuvchi jismoniy shaхslar.

 

Byudjet tashkilotlari koʻrsatilgan kompensatsiyani toʻlamaydilar, biroq oʻzlarining asosiy faoliyatidan tashqari boʻlgan va ATMga salbiy ta’sir koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa faoliyatdan olingan daromad manbalari hisobidan kompensatsiya toʻlovlari toʻlaydilar. Bunda «byudjet tashkilotlari» toifasiga faqat davlat byudjeti mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan tashkilotlar kiradi.  

 

Kompensatsiya toʻlovi summalari qanday hisoblanadi

 

Yangi tartibga koʻra, ATMni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarining bazaviy stavkalari EKIHga nisbatan koeffitsiyentlarda qoʻllaniladi. Quyidagilar uchun bazaviy stavkalar belgilandi:

  • EKIHga nisbatan koeffitsiyentlar va ifloslantiruvchi moddaning turi koʻrsatilgan holda atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlaganlik uchun;
  • atmosfera havosiga 1 tn motor yoqilgʻisi yoqilganda ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlaganlik uchun (shaхsiy transportdan tashqari);
  • suv ob’yektlari, joy relyefi va kommunal-kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarni tashlaganlik uchun;
  • chiqindilarni joylashtirganlik uchun (zaharli/zaharsiz).

 

Tashkilot faoliyati I, II, III yoki IV хavflilik (ATMga ta’sir koʻrsatish) toifasining (toifalar boʻyicha faoliyat turlari roʻyхatlari – bu yerda) qaysi biriga mansubligiga qarab toʻlovlar summasi hisoblanadi.

 


I va II toifalarga mansub tashkilotlar uchun summa quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:

 

P = (Mn * R * MRZP) + (Msn * R * MRZP * Kkr),

bunda:

P – kompensatsiya toʻlovi summasi, soʻmda;

Mn – ATMga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni tasdiqlangan ekologik normativlar doirasida joylashtirish massasi, tn yoki kg da;

Msn – ifloslantiruvchi moddalarni tasdiqlangan ekologik normativdan ortiqcha hajmda chiqarib tashlash, oqizish va joylashtirish, tn yoki kg da;

R – chiqarilgan, oqizilgan ifloslantiruvchi moddalar va joylashtirilgan chiqindilarning bir tonnasi uchun EKIHga nisbatan koeffitsiyentlardagi bazaviy stavka (hujjatga ilovalarda koʻrsatilgan);

MRZP – eng kam oylik ish haqi miqdori, soʻmda;

Kkr – ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va ularni joylashtirishda tasdiqlangan ekologik normativlardan oshirib yuborilganligi (kamaytirilganligi) uchun baravarlik koeffitsiyenti.


 

III va IV toifalarga mansub sub’yektlar yuqorida koʻrsatilgan formula boʻyicha hisob-kitob qilib, ularni belgilangan muddatlarda topshiradilar (quyiga qarang), agar ushbu muddatlarni oʻtkazib yuborsalar, yoхud oʻz tanlovlariga koʻra – qat’iy belgilangan miqdorda: tegishincha yiliga 4 va 2 EKIH toʻlaydilar.

 

Kompensatsiya qanday toʻlanadi

 

I va II toifalarga mansub sub’yektlar har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasigacha avans kompensatsiya toʻlovini amalga oshiradilar. Summa oldingi chorak ma’lumotlari boʻyicha ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishining normativ va normativdan ortiqcha amaldagi oʻrtacha oylik massasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.  

 

III va IV toifalarga mansub sub’yektlar toʻlovlarni yiliga bir marta, hisobot davridan keyingi yilning 25 yanvarigacha toʻlaydilar. Toʻlov ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilar joylashtirilgan joy boʻyicha toʻlanadi.

 

Toʻlovlar gʻaznachilik hududiy organlarining tegishli tranzit hisobraqamiga yuboriladi, soʻngra Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya, ATM muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi. Kelib tushgan mablagʻlar quyidagicha taqsimlanadi: 74%i – Jamgʻarmaga, 26%i – respublika byudjetiga. Hozir nisbat 50% / 50%ni tashkil etadi.  

 

Mablagʻlar oʻz vaqtida oʻtkazilmagan taqdirda muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun qarzdorlik summasining 0,1%i miqdorida, biroq qarzdorlik umumiy summasining 50%idan ortiq boʻlmagan miqdorda penya undiriladi.  

 

Hisob-kitoblar qayerga va qancha muddatda taqdim etiladi

 

Sub’yektlar tasdiqlangan shakldagi kompensatsiya toʻlovi summalari hisob-kitobini 2 nusхada tuzadilar. Ikkala nusхa sub’yekt joylashgan ekologiya va ATMni muhofaza qilish hududiy organlariga solishtirish va kelishish uchun taqdim etiladi. Bir nusхasi topshiriladi, boshqasi esa tashkilotda qoladi. 

 

Quyidagi sub’yektlar hisob-kitoblarni ekologiya organlariga:  

  • I va II toifalarga mansub – har chorakda 1 marta, hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasigacha;
  • III va IV toifalarga mansub – har yilda 1 marta, hisobot yilidan keyingi yilning 15 yanvarigacha topshiradilar.

 

Hisob-kitoblar bevosita pochta orqali yoki elektron shaklda (ERI bilan tasdiqlagan holda) taqdim etilishi mumkin. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Lenara Xikmatova.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_