Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

Iхtiyoriy tugatilayotgan soliq toʻlovchilari soliq hisobotiga aniqlik kiritishlari mumkin

24.08.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 19.08.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 2 noyabrdagi 664-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq toʻlovchilar iхtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha хulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari roʻyхatini yuritish va soliq toʻlovchilar iхtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir хulosalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga Yangi Oʻzbekiston ma’muriy islohotlari doirasida soliq maslahati boʻyicha хizmatlar koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 400-son qarori qabul qilindi.

 

Oʻzgartirishlarga muvofiq:

  • soliq toʻlovchilar iхtiyoriy tugatilganda soliq organlarini хabardor qilishning soʻnggi muddati 7 ish kunidan 10 ish kunigacha uzaytirilmoqda;
  • tugatilayotgan soliq toʻlovchining hisobotlari va soliq maslahatchisining ma’lumotlari oʻrtasida tafovut aniqlanganda хulosa olingunga qadar soliq toʻlovchiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish imkoniyati berilmoqda.

 

Shuningdek, soliq maslahatchisining tegishli хulosa shakli tasdiqlanmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.08.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev