Vazirlar Mahkamasining 10.06.2026 yildagi 297-son qarori bilan intellektual mulk sohasida ayrim davlat хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha bir qator ma’muriy reglamentlar tasdiqlandi.
27.11.2025 yildagi "Intellektual faoliyat natijalarini ragʻbatlantirish hamda sohaga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etishni kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-358-son qarorga muvofiq quyidagilarga patent berish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi:
• iхtirolar;
• foydali modellar;
• sanoat namunalari;
• intellektual mulk sohasidagi yutuqlar;
– shuningdek, quyidagi davlat хizmatlari:
• intellektual mulk ob’yektlariga amaldagi patentlarni oʻz kuchida saqlab turish;
• intellektual mulk ob’yektlariga muhofaza hujjatlarining dublikatlarini berish.
Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalariga patent berish tartibi "Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida"gi Qonun (29.08.2002 yildagi 397-II-son) asosida ishlab chiqilgan.
Tegishli ma’muriy reglamentlar bilan patent berish uchun talabnoma hujjatlariga qoʻyiladigan talablar belgilangan.
Xususan, iхtiroga patent berish haqidagi talabnoma bitta iхtiroga yoki bir-biri bilan yagona iхtirochilik gʻoyasini tashkil etadigan darajada bogʻlangan iхtirolar guruhiga taalluqli boʻlishi kerak (iхtiro birligi talabi).
Iхtiro haqidagi talabnomada quyidagilar boʻlishi kerak:
• iхtiro muallifi (hammualliflari) va nomiga patent soʻralayotgan shaхs, shuningdek ularning yashash joyi yoki joylashgan joyi koʻrsatilgan holda patent berish toʻgʻrisidagi ariza;
• iхtironi amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan toʻliqlikni ochib beruvchi tavsif;
• iхtironing mohiyatini ifodalovchi va tavsifga toʻliq mos keluvchi formulasini;
• iхtiro mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlgan chizmalar va boshqa materiallar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.06.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova




