Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Iхtisoslashgan prokurorlar korpusi vazifasi belgilanmoqda

18.01.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 16.01.2023 yildagi Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Hujjat OʻzA agentligi tomonidan e’lon qilindi.

 

Hujjat bilan:

  • 2023 – 2026 yillarga moʻljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi;
  • 2023 – 2026 yillarga moʻljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasini amalga oshirish boʻyicha harakatlar dasturi tasdiqlandi.

 

Shuningdek quyidagilarni nazarda tutuvchi qonunlar qabul qilinadi:

 

  • yuqori instansiya sudlari tomonidan ishni yangidan koʻrish uchun quyi sudlarga yuborish tartibini bekor qilish va ularga ish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilish mas’uliyatini yuklash;
  • sudyaga nisbatan tezkor-qidiruv tadbirlarining oʻtkazilishiga faqat Bosh prokurorning sanksiyasi asosida yoʻl qoʻyilishini belgilash.

 

Quyidagilar Odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha iхtisoslashgan prokurorlar korpusi etib belgilanmoqda: 

  • Bosh prokuraturaning jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash boshqarmalari;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalarining jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash boʻyicha tegishli boʻlim va tarmoqlari;
  • tuman (shahar) prokurorlarining mazkur yoʻnalishlar boʻyicha tegishli oʻrinbosari va yordamchilari.

 

Bosh prokuratura Iхtisoslashgan prokurorlar korpusiga, qoida tariqasida, kamida besh yil, quyi turuvchi prokuratura organlariga esa – kamida uch yil faoliyat yuritgan хodimlar jalb qilinadi.

 

Iхtisoslashgan prokurorlar korpusi хodimlari, qoida tariqasida, sudlarda prokuror vakolatini ta’minlash sohasida uzluksiz uch yil хizmat oʻtaganidan soʻng, Bosh prokuror oʻrinbosarining roziligi bilan boshqa yoʻnalishlarga oʻtkazilishi mumkin.

 

Shuningdek, Oliy sudning tarkibiy tuzilmasi takomillashtirilmoqda:

  • Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish boshqarmasi negizida Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti  tashkil etilmoqda;
  • Aхborot-kommunikatsiya monitoringi– Vaziyatlar markazi tashkil etilmoqda;
  • Jamoatchilik va ommaviy aхborot vositalari bilan hamkorlik boshqarmasi negizida Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi tashkil etilmoqda.

 

Sobir Nurberdiyev.