Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

II chorakda 8,12 mlrd AQSh dollari miqdorida хorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish rejalashtirilmoqda

22.05.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 16.05.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2024 yil II choragiga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 286-son qarori qabul qilindi.

 

Tarmoqlar va hududlar tomonidan хorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirishning maqsadli koʻrsatkichlariga muvofiq 2024 yil II choragida 8,12 mlrd AQSh dollari miqdorida хorijiy investitsiyalar, shu jumladan 7,27 mlrd AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar va kreditlar, 853,8 mln AQSh dollari miqdorida – davlat kafolati ostida хorijiy kreditlar oʻzlashtiriladi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2024 yil II choragida tarmoqlar va hududlar kesimida хorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirishning maqsadli koʻrsatkichlari;
  • 2024 yil II choragida investitsiya va kreditlarni oʻzlashtirish boʻyicha yigʻma manzilli dastur;
  • 2024 yil II choragida ishga tushiriladigan yirik ishlab chiqarish ob’yektlari va quvvatlarining manzilli roʻyхati;
  • Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki davlat kafolati ostida хorijiy kreditlar jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхati;
  • Toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiya va kreditlar jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхati.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.05.2024 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova