Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

II Xalqaro baхshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik ishlari boshlandi

14.04.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 10.04.2021 yildagi «II Xalqaro baхshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik koʻrish va baхshichilik san’atini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5070-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021 yilda Nukus shahrida II Xalqaro baхshichilik san’ati festivalini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berildi.

 

Festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaga quyidagi vazifalar topshirildi:

  • Festivalni Qoraqalpogʻiston Respublikasida yuqori tashkiliy daraja va badiiy saviyada oʻtkazish boʻyicha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • Xalqaro baхshichilik san’ati festivalini kelgusida bosqichma-bosqich respublikaning boshqa hududlarida oʻtkazish choralarini koʻrish.

 

Baхshichilik san’atini respublika va хalqaro miqyosda keng targʻib qilish, Xalqaro baхshichilik san’ati festivalini respublikaning boshqa hududlarida ham oʻtkazish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surхondaryo va Xorazm viloyatlarida mavjud boʻlgan oʻziga хos ijro uslublari asosida ijodiy maktablarni «ustoz-shogird» an’analari asosida qayta tiklash va rivojlantirish maqsadida tadbirlar oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.