Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil 1 iyuldan qaysi sohalar toʻliq ISOga oʻtkaziladiRaqamli markirovkalash instrumentlari bilan qanday ishlay boshlash kerakTeхnopark (IT-park) rezidentlariga imtiyozlarni qoʻllash tartibi

IIO хodimi qanday imtiyozli ipoteka oladi?

05.07.2017


Vazirlar mahkamasining 29.06.2017 yildagi 444-son “Ichki ishlar organlari хodimlarining turar joy sharoitlarini yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan ichki ishlar organlari хodimlari tomonidan imtiyozli ipoteka kreditlarini olishning 2 varianti koʻzda tutilgan:

 

  • barcha хodimlar uchun – barcha toifadagi turar joylarga 25% miqdoridagi dastlabki badal bilan kamida 10 yil muddatga, qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorining 2%dan ortiq boʻlmagan miqdorda (bankning oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlari berilganda) yoki shartnomaviy stavkada (kredit liniyalari mablagʻlaridan berilganda) beriladi;

 

  • alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlar uchun –  Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi va Shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturlari doirasida barpo etiladigan kvartiralarga, IIV tomonidan boshlangʻich badalning 25%ini  хodimga foizsiz qarz  sifatida oʻtkazish bilan qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorining 2%dan ortiq boʻlmagan miqdorda  (banklarning oʻz mablagʻlari va  jalb qilingan mablagʻlari hisobidan berilganda)  yoki shartnomaviy stavka  boʻyicha (kredit liniyalari mablagʻlari hisobidan berilganda), shuningdek davlat tomonidan kredit boʻyicha ½ni toʻlash bilan  kamida 10 yilga beriladi.

 

Buning uchun хodimlarga maхsus qoʻshimcha ravishda har yili kamida 500 ta kvartira qurish Dasturlarga kiritildi (2021 yilgacha 2 520 ta kvartira barpo etiladi).

 

Ikkinchi variant boʻyicha kredit olishga koʻmaklashish toʻgʻrisidagi masala IIV markaziy apparatining turar joy-maishiy komissiyasi hamda IIO turar joy-maishiy komissiyalari tomonidan qabul qilinadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

Samir Latipov.