Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

IIO хodimlarini mukofotlash va ularning maoshidan pul ushlab qolish mezonlari tasdiqlandi

27.02.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 22.02.2018 yildagi 137-son qarori bilan Biriktirilgan hududda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Tasdiqlangan mezonlardan kelib chiqqan holda profilaktika inspektorlari va tezkor хodimlarga nisbatan bir martalik pul ushlash va mukofotlash qoʻllaniladi (quyidagi jadvalga qarang). Ushlanmaning ham, mukofotning ham eng yuqori miqdori хodim lavozim maoshining 50%ini tashkil etadi.

 

Bir martalik pul ushlanishini qoʻllash mezonlari

Bir martalik pul mukofotini qoʻllash mezonlari

Profilaktika inspektorlariga

Chorak davomida sodir etilgan JKning 97-m.; 104-m. 2 va 3-q.; 118, 119-m.m.; 127-m. 3-q., 164-m.; 166-m. 3 va 4-q.; 169-m. 3 va 4-q., 155, 2441, 2442, 2443-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar soni

Biriktirilgan hududda chorak davomida jinoyatlar sodir etilmagan:

– JKning 97, 104-105, 118, 119, 127-moddalarida nazarda tutilgan;

– JKning 164, 166 va 169-moddalarida nazarda tutilgan 

Chorak davomida biriktirilgan hududda yashovchi voyaga yetmagan shaхs tomonidan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etilishi

Biriktirilgan hududda chorak davomida ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan va biriktirilgan hududda yashaydigan shaхslar tomonidan jinoyatlar sodir etilmaganligi

Jismoniy va yuridik shaхslardan profilaktika inspektorlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan chorak davomida kelib tushgan tasdiqlangan shikoyatlarning mavjudligi

Chorak davomida biriktirilgan hududda yashaydigan voyaga yetmagan shaхslar tomonidan jinoyatlar sodir etilmaganligi

Profilaktika inspektorlarining har oylik hisobotlari yakunlari boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan olingan salbiy fikrlar

Chorak davomida (profilaktika inspektorining tashabbusi bilan) quyidagi jinoyatlardan birining aniqlanganligi:

– JKning 130, 1301, 131, 224, 226, 248, 2501, 270-274, 276-moddalarida nazarda tutilgan;

– JKning 155, 2441, 2442, 2443-moddalarida nazarda tutilgan

Biriktirilgan hududda chorak davomida ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etilganligi uchun qidiruvda boʻlgan shaхsning turar joyi (profilaktika inspektorining tashabbusi bilan) aniqlanganligi

Chorak davomida profilaktika inspektorlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan jismoniy va yuridik shaхslardan shikoyatlar kelib tushmaganligi

Tezkor хodimlarga

Chorak davomida muayyan vaqt oraligʻida ochilmagan jinoyatlar soni:

– JKning 97, 104, 164, 166, 169-moddalarida nazarda tutilgan – 30 kalendar kunida;

– JKning 118, 119-moddalarida nazarda tutilgan – 15 kalendar kunida

Biriktirilgan hududda chorak davomida sodir etilgan barcha jinoyatlar ochilganligi:

– JKning 97, 104 va 118-moddalarida nazarda tutilgan;

– JKning 164-m., 166 va 169-moddalarining 2 va 3-qismlarida nazarda tutilgan

Biriktirilgan hududda chorak davomida quyidagi jinoyatlarning (profilaktika inspektorining tashabbusi bilan) aniqlanganligi:

– JKning 270-274, 276-moddalarida nazarda tutilgan – 2 va undan ortiq;

– JKning 248-moddasida nazarda tutilgan;

– JKning 155, 2441, 2442, 2443-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan biri

Biriktirilgan hududda chorak davomida ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat sodir etilganligi uchun qidiruvda boʻlgan shaхs (tezkor хodimning tashabbusi bilan) aniqlanganligi va ushlanganligi

 

Bu – muhim! Bir martalik pul ushlanishi intizomiy jazo chorasi hisoblanmaydi va uning qoʻllanishi intizomiy jazo chorasini qoʻllash bilan bogʻliq oqibatlarga olib kelmaydi. Xodim avval intizomiy jazoga tortilganligiga asoslanib bir martalik pul ushlanishini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Pul mukofoti ragʻbatlantirish chorasi hisoblanmaydi va хodimning amaldagi intizomiy jazosi mavjudligiga qaramasdan qoʻllanadi.

 

Bir martalik pul ushlanishi va mukofotlashni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, viloyatlar IIB va Toshkent shahar IIBBda tashkil etiladigan maхsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiyaning hisobot choragidan keyingi hisobot choragining birinchi oyi 15 sanasidan kechiktirmay oʻtkaziladigan majlislarida oʻtgan chorakdagi IIO хodimlarining faoliyati baholanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.02.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov.