Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari avvalgi darajada saqlanib qolindi

09.01.2018

 

Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3454-son qarori bilan mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarga shartnoma boʻyicha oʻrnatilgan ijara toʻlovi summasidan kelib chiqqan holda soliq solinadi. Biroq ushbu summa belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari boʻyicha hisoblab chiqilgan miqdordan kam boʻlmasligi lozim.

 

Mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun oylik ijara toʻlovining eng kam stavkalari 2017 yil bilan solishtirganda oʻzgarishsiz qoldirildi. 2018  yil uchun ular ijaraga beriladigan koʻchmas mulkning turi va uning joylashgan joyidan kelib chiqqan holda quyidagi miqdorda belgilandi:

 

Aholi punkti

Binolar (umumiy maydonning 1 m2 uchun soʻmda) 

turar joy

noturar joy

Toshkent shahri

4500

9000

Nukus shahri va viloyat boʻysunuvidagi shaharlar

3000

6000

boshqa aholi punktlari

1500

3000

 

Avtotransport vositasi uchun stavkalar quyidagicha (1 ta avtotransport vositasi uchun soʻmda):

  • yengil avtomobil (yoʻlovchilar, bagaj tashishga moʻljallangan hamda haydovchi oʻrnini hisoblamaganda oʻrindiqlari 8 tadan koʻp boʻlmagan avtotransport vositalari) – 330 000;
  • mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari – 645 000.

 

Yuridik shaхslar uchun davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari har yili viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Irina Aхmetova.