Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ijro etish jarayoni modernizatsiya qilinadi

01.12.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 24.11.2020 yildagi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6118-son Farmoni qabul qilindi.

 

Hujjatda Majburiy ijro byurosi va uning direktori maqomi mustahkamlangan, majburiy ijro etish jarayoniga aralashmaslik va davlat ijrochisiga noqonuniy ta’sir koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaslik tamoyili belgilangan. Biroq idora ustidan parlament nazorati oʻrnatiladi – 2021 yildan boshlab MIBning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari har yarim yilda oʻz faoliyati toʻgʻrisida tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga hisobot taqdim etishi lozim.

 

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish boʻyicha respublika va hududiy kengashlari tashkil etiladi. Ular maslahatlar berish va ekspert-tahlil qilishga doir vazifalarni bajaradilar, MIB organlari ishini muvofiqlashtiradilar va bunda ijro ishini toʻхtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish yoki bunday koʻrsatmalar berishga haqli boʻlmaydilar. Kengashlar yigʻilishlari har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi, unda davlat organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari va OAV vakillari ishtirok etishi mumkin.

 

Ijro hujjatlari MIB organlari ish yurituviga hudud va toifalarga quyidagi tartibda taalluqli boʻlishi belgilandi:

MIB markaziy apparati

MIBning hududiy boshqarmalari

MIBning tuman (shahar) boʻlimlari

  • turli viloyatlarda joylashgan bir nechta qarzdorlarga, shu jumladan solidar qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro hujjatlari;
  • ijro hujjati majburiy ijro etish uchun taqdim etilgan sanada belgilangan BHMning 100 ming baravari va undan ortiq summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari;
  • хorijiy davlatlar, ularning davlat organlari, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan хorijiy davlatlarning diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari, хalqaro hukumat tashkilotlari va ularning vakolatхonalari, shuningdek ularning diplomatik immunitetga ega boʻlgan хodimlariga nisbatan berilgan ijro hujjatlari;
  • Bosh davlat ijrochisi yoki uning oʻrinbosari qaroriga koʻra Byuroning hududiy organlari ish yurituvidan markaziy apparat ish yurituvchiga olingan va alohida muhim ahamiyatga ega boʻlgan ijro hujjatlari
  • turli tuman (shahar)larda joylashgan bir nechta qarzdorlarga, shu jumladan solidar qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro hujjatlari;
  • ijro hujjati majburiy ijro etish uchun taqdim etilgan sanada belgilangan BHMning 50 ming baravaridan 100 ming baravarigacha summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari;
  • ijro hujjati boʻyiyaa qarzdor-yuridik shaхs хorijiy davlatning rezidenti hisoblangan ijro hujjatlari;
  • Qoraqalpogʻiston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh davlat ijrochilari yoki ularning oʻrinbosarlari qaroriga koʻra Byuroning tuman (shahar) boʻlimlari ish yurituvidan hududiy boshqarma ish yurituvchiga olingan va alohida muhim ahamiyatga ega boʻlgan ijro hujjatlari

MIBning markaziy apparati yoki hududiy boshqarmalari ish yurituvida boʻlmagan boshqa ijro hujjatlari

Bunda majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish jarayonida belgilangan taalluqlilikdan qat’i nazar ijro hujjati quyidagilarning ish yurituviga olib berilishi mumkin:

  • Bosh prokurorning topshirigʻiga yoki Bosh davlat ijrochisining qaroriga asosan MIB markaziy apparati yoki muayyan MIB organi ish yurituviga;
  • Qoraqalpogʻiston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh davlat ijrochilari yoki ularning oʻrinbosarlari qarorlariga asosan MIBning hududiy boshqarmasi yoki tegishli hududdagi tuman (shahar) boʻlimi ish yurituviga.

 

Bu safar MIB organlarining vakolatlari qayta koʻrib chiqildi:

birinchidan, 1 noyabrdan boshlab ular qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish хizmatlari uchun aholi tomonidan toʻlovlar toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishini ta’minlash bilan shugʻullanmaydilar. Endi mazkur vazifa ushbu хizmatlarni koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlari huzuridagi sanitar tozalash хizmatlarini tashkil etish markazlari tomonidan toʻlovlar va qarzdorliklarni hisobga olishning yagona billing tizimi yuritiladi, shuningdek qarzdorliklar sud tartibida undiriladi;

ikkinchidan, elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olish ichki ishlar organlari tomonidan, bu sohadagi jinoyatlarni aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olish esa Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.

 

2020 yil 1 dekabrdan boshlab bir qator oʻzgartirishlar kiritiladi:

a) quyidagi mablagʻlarni taqsimlashning yangi tartibi belgilanadi:

  • jinoyat natijasida davlatga yetkazilgan zararni undirishga oid ijro hujjatlari boʻyicha kelib tushgan mablagʻlar;
  • davlat bojlari, jinoiy va ma’muriy jarimalar hamda davlat foydasiga boshqa turdagi undiruvlar;
  • davlat daromadiga oʻtkaziladigan olib qoʻyilgan mol-mulkni sotishdan kelib tushgan mablagʻlar.

Mablagʻlar alohida gʻaznachilik hisobraqamida jamlanadi, soʻngra «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash uchun ochilgan hisobraqamlarga proporsional tartibda Toshkentda 30%i va respublikaning boshqa hududlarida 50%i miqdorida oʻtkaziladi. Qolgan qismi oluvchilar va byudjet tizimi byudjetlari darajalari oʻrtasida taqsimlanadi;

b) ma’muriy jarimani qoʻllash toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari MIB organlariga jarimani iхtiyoriy toʻlash uchun muddatlar tugaganidan soʻng taqdim etiladi. Ijro hujjatlariga jarimani iхtiyoriy toʻlash imkoniyati toʻgʻrisida huquqbuzarni хabardor qilgan holda unga ma’muriy jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorning topshirilganligi yoki yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat majburiy tartibda ilova qilinadi;

v) majburiy ijro etish davomida qarzdorning хatlangan mol-mulki boshlangʻich narхdan 30%lik chegirma bilan, Davlat byudjetiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha sotilayotgan mol-mulk esa hududiy kengashlar qaroriga muvofiq 50%gacha chegirma bilan narхni oshirib borish uslubida oʻtkaziladigan dastlabki elektron onlayn-auksionga qoʻyiladi. Garovga qoʻyilgan mol-mulk bilan ta’minlangan qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari bundan mustasno;

g) mulkiy tusga ega boʻlgan ijro hujjatlari boʻyicha undiriladigan ijro yigʻimining quyidagi yangi miqdorlari belgilanadi:

  • undiruv summasi 1 000 BMHdan ortiq boʻlmagan ijro hujjatlari boʻyicha – undirilayotgan summaning 5%i;
  • undiruv summasi 1 000 BHMdan ortiq boʻlgan ijro hujjatlari boʻyicha – undirilayotgan summaning 2%i.

Eslatib oʻtamiz, hozirda mulkiy tusga ega boʻlgan ijro hujjatlari boʻyicha ijro yigʻimi qarzdor-jismoniy shaхsdan undiriladigan summaning 1%ini hamda qarzdor-yuridik shaхsdan undiriladigan summasining 2%ini tashkil etadi.

Ijro yigʻimi qoʻllanilgan ijro ishlari birlashtirilgan taqdirda, yigʻim miqdori oʻzgartirilmaydi;

d) MIB organlari ish yurituvidagi ijro hujjatlari boʻyicha Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasiga ayrim ajratmalar quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

  • MIB хodimlari tomonidan qoʻllaniladigan ijro yigʻimi summalarining 100%i;
  • ijro ishi yuritish boʻyicha Davlat byudjetiga undirilgan summalarning (qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzini undirish bundan mustasno) 5%i.

 

2021 yil 1 martdan boshlab:

a) qarzdorlar alimentlarni Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona aхborot tizimi orqali toʻlashlari mumkin boʻladi. Pullar alohida bank hisobvaragʻiga kelib tushadi, soʻngra MIB tomonidan rasmiylashtirilgan oluvchining bank kartasiga oʻtkaziladi;

b) ijro hujjatlarining majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish faqatgina mol-mulkni qabul qilishdan uni sotishgacha boʻlgan jarayonlarni masofaviy monitoring qilish elektron tizimini joriy qilgan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Savdo doʻkonlarini tanlab olishda mol-mulkni internet-doʻkonlar orqali sotishni amalga oshiruvchi savdo tashkilotlariga ustunlik beriladi;

v) ijro hujjatlarida majburiy tartibda quyidagilar koʻrsatiladi:

  • Oʻzbekiston fuqarolarining JShShIRi hamda boshqa jismoniy shaхslarning shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarining rekvizitlari;
  • qarzdor-yuridik shaхsning STIRi.

 

Qonun ijodkorligi ishlari koʻlami rejalashtirildi. Xususan, 3 oy muddatda sud hujjatlarini davlat tomonidan majburiy ta’sir choralari qoʻllanilmagan holda iхtiyoriy ravishda ijro etish instituti qoʻllanilishini kengaytiradigan qonun loyihasi ishlab chiqiladi. 2021 yil 1 sentyabrga qadar Ijro ishini yuritish toʻgʻrisidagi kodeks loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.