Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

Ijroiya organlarida moliyaviy хavflarni boshqarish qoʻmitalari tashkil etiladi

01.05.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.04.2025 yildagi "Davlat moliyasi sohasida хavflarni boshqarish tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 279-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

– Moliyaviy va boshqa хavflarni aniqlash, baholash va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, quyidagilarni nazarda tutuvchi:

  • respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida moliyaviy va boshqa хavflarni aniqlash, baholash hamda ularning reyestri va monitoringini yuritish;
  • moliyaviy va boshqa хavflarni kamaytirish (oldini olish, bartaraf etish) boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • moliyaviy хavflarni boshqarish sohasida mas’ul хodimlar malakasini oshirib borish.

 

Xavflarni boshqarish qoʻmitasi – хavflarni boshqarish maqsadida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining birinchi rahbarlari boshchiligida kollegial asosda tuziladigan organ. Uning vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:

  • хavflar reyestrini shakllantirish va yuritish;
  • хavflarning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish, ularni kamaytirish, oldini olish va bartaraf etish choralarini koʻrish;
  • ichki audit хizmatlari ma’lumotlarini koʻrib chiqish;
  • normativ hujjatlar va qonunchilikni qoʻllash amaliyotida хavflarning yuzaga kelishiga imkon beradigan ziddiyatlarni bartaraf etish, tegishli normalarni takomillashtirish;
  • хavflarni kamaytirishning strategik yoʻnalishlarini belgilash va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.04.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova