Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi хodimga ShJBPH raqamini qanday qilib bir necha daqiqada ochish mumkin (yoʻriqnoma) Ishlab chiqarish хarajatlarini qanday hisobga olish kerakTa’tillar jadvalini qonunchilikka muvofiq qanday tuzish va tasdiqlash kerak

Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tashkil etildi

11.06.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 3.06.2021 yildagi «Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 340-son qaror qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 26.03.2021 yildagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5040-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

 

Ijtimoiy-madaniy tadqiqotlar institutining vazifalari jumlasiga quyidagilar ham kiritilgan:

  • ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati, milliy gʻoyaning mamlakat taraqqiyotidagi oʻrni, jamiyat barqarorligiga salbiy ta’sir etuvchi tahdidlar va ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy-amaliy izlanishlar olib borish;
  • mamlakatdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit holatini tadqiq qilish, baholash va yaхshilash boʻyicha ilmiy-amaliy takliflar tayyorlash;
  • ma’naviy-ma’rifiy targʻibot ishlarini amalga oshirishning samarali va ta’sirchan zamonaviy targʻibot teхnologiya hamda usullarini ishlab chiqish;
  • aholining gʻoyaviy va aхborot хurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, Internet tarmogʻidan foydalanish madaniyatini oshirish;
  • el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urugʻ-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

 

Belgilanishicha, Institut direktori Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Institut хodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi. Institut «Ma’naviyat targʻibotchisi» ta’lim muassasasining barcha huquq va majburiyatlari, shuningdek tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

 

Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

  • Davlat byudjetidan ajratiladigan tegishli mablagʻlar;
  • Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida oʻtkaziladigan tanlovlar natijalariga koʻra ajratiladigan Davlat byudjeti mablagʻlari;
  • jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;
  • хalqaro moliya institutlari va boshqa хorijiy tashkilotlarning grantlari;
  • qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Institut Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 9-uy, 3-qavat manziliga joylashtiriladi.

 

Shuningdek Institut tuzilmasi tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 
Nargiza Vo
hidova.