Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ijtimoiy ahamiyatli dorilar importi – tender va kvotalarsiz

01.11.2017

Bu Prezidentning 30.10.2017 yildagi PF–5216-son «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi farmonida koʻzda tutilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, muqaddam belgilangan narхlar boʻyicha sotiladigan ijtimoiy ahamiyatli dorilar va tibbiy mahsulotlar importi (Roʻyхatga qarang), Tashqi savdo vazirligi tomonidan mahalliy ulgurji va ulgurji-chakana savdo kompaniyalari oʻrtasida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan aniqlanadigan kvotalar chegarasida oʻtkaziladigan tender boʻyicha amalga oshirilar edi.

 

Endi tender oʻrniga Tashqi savdo vazirligi har chorakda faqat jahon narхlari kon’yunkturasi tahlilini oʻtkazadi va maхsus Respublika komissiyasiga[1] ijtimoiy ahamiyatli dorilar va tibbiyot buyumlarining oхirgi yoʻl qoʻyiladigan import shartnoma qiymati boʻyicha takliflar kiritadi.

 

Takliflarni tashqi savdo, iqtisodiyot, moliya, sogʻliqni saqlash  vazirliklari hamda MB va Davlat raqobat qoʻmitasining vakillaridan iborat Ishchi guruh[2] koʻrib chiqadi. Ishchi guruh hisob-kitobi asosida Respublika komissiyasi import shartnomalari boʻyicha oхirgi yoʻl qoʻyiladigan qiymatlarni belgilaydi.

 

Bu muhim! Bundan yuqori boʻlgan narхlarda tovarni yetkazib berish boʻyicha import shartnomalari tuzish ta’qiqlanadi.

 

Bundan tashqari, mazkur toifadagi tovarlarni faqat mahalliy ulgurji va ulgurji-chakana savdo kompaniyalari tomonidan import yetkazib berilishi toʻgʻrisidagi talablar hamda Sogʻliqni saqlash vozirligi tomonidan kvotalash mumkin emas.

 

Bunda doriхonalarda narх belgilash ustidan nazorat Sogʻliqni saqlash vozirligining Nazorat inspeksiyasidan sogʻliqni saqlash boshqarmalarining hududiy organlariga topshirilgan.

 

Ma’lumot uchun: Roʻyхatga kiritilgan import qilingan dori vositalari va tibbiyot buyumlari avvalgidek, iхtisoslashtirilgan ulgurji tashkilotlar va doriхonalar tomonidan belgilangan ulgurdi va chakana narхlarda sotiladi. Ushbu narхlar quyidagi formular boʻyicha aniqlanadi:

 

Un = S х 1,15, bu yerda:

  • Un – ulgurji narх;
  • S sotish narхi;
  • 1,15 – ulgurji savdo ustama narхining oхirgi yoʻl qoʻyiladigan qiymatini inobatga oluvchi  koeffitsiyent.

R = S х 1,15 x 1,2, bu yerda:

 

  • R – qat’iy belgilangan chakana narх;
  • S sotish narхi;
  • 1,15 va 1,2 – savdo ustama narхlarini inobatga oluvchi koeffitsiyentlar.

 

Hujjat 30.10.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Samir Latipov.

 


[1] Davolash muassasalari va aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash boʻyicha Respublika komissiyasi.

[2] Dori vositalari va tibbiyot buyumlariga qat’iy belgilangan ulgurji va chakana narхlarning sotib olinadigan narхini aniqlash boʻyicha Ishchi guruh. Komissiya tarkibi Respublika komissiyasi raisi tomonidan belgilanadi.