Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ijtimoiy buyurtma boʻyicha suv ta’minoti хizmatlari qanday koʻrsatiladi

21.02.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 16.02.2024 yildagi 93-son qarori bilan markazlashgan ichimlik suv ta’minoti yetib bormagan qishloq aholi punktlarini ichimlik suv bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish tartibi tasdiqlandi.

 

Prezidentning 24.10.2023 yildagi “Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-343-son qaroriga muvofiq Markazlashgan ichimlik suv ta’minoti yetib bormagan qishloq aholi punktlarini ichimlik suv bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihalarining boshqaruvchisini tanlash;
  • davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida ichimlik suv ta’minoti va oqova suv chiqarish хizmatlari bilan ta’minlash uchun qurilish ishlarini amalga oshirish boʻyicha loyiha va pudrat tashkilotlarini tanlash;
  • davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida barpo etilgan ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini (inshootlarini) foydalanishga topshirish.

 

Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalari boshqaruvchisining tanlov takliflarini baholash mezonlarini tasdiqlashi lozim.

 

Shuningdek, Adliya vazirligi bilan birgalikda davlat ijtimoiy buyurtmasini amalga oshirish shartnomasining namunaviy shakli ishlab chiqiladi.

 

2024 yilda davlat ijtimoiy buyurtmalari asosida ichimlik suv bilan ta’minlanadigan qishloq aholi punktlarining manzilli dasturi tasdiqlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.02.2024 yildan kuchga kirdi.  

 

Lola Abduazimova