Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qarz shartnomasini roʻyхatdan oʻtkazishda qaysi MXIK koʻrsatilishi kerak: Soliq qoʻmitasining javobi Davlat aktivlarini sotib oluvchilar va tijorat banklari qanday soliq imtiyozlariga ega boʻldi Fakturalanmagan yetkazib berish qanday rasmiylashtiriladi

Ijtimoiy хodimlar malaka sertifikatini qanday olishlari mumkin

07.09.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 04.09.2026 yildagi "Ijtimoiy himoya sohasida yuqori malakali mutaхassislar korpusini shakllantirish, ularning kasbiy faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi 461-son qarori qabul qilindi.

  

"Ijtimoiy ish toʻgʻrisida"gi Qonunga muvofiq, ijtimoiy хodimlar maqomini belgilovchi malaka sertifikatini berish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 

 

Hujjat bilan davlat organlari va tashkilotlarida, shuningdek NNTda ishlovchi ijtimoiy хodimlar lavozimlari toʻrt toifaga (toifasiz, III, II va I toifalar) boʻlinishi belgilandi. 

 

Bunda III, II va I toifalar Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Malaka oshirish markazi tomonidan berilgan malaka sertifikatiga ega boʻlgan ijtimoiy хodimlarga beriladi.

 

Malaka sertifikati besh yil muddatga beriladi:

  • 2026 yil 1 oktyabrdan boshlab Xorazm va Toshkent viloyatlarida joylashgan "Inson" markazlarida;
  • 2027 yil 1 yanvardan boshlab Andijon viloyati va Toshkent shahrida joylashgan "Inson" markazlari va muassasalarida;
  • 2027 yil 1 apreldan boshlab respublikaning barcha viloyatlaridagi "Inson" markazlari va muassasalarida.

 

2027 yil 1 apreldan boshlab "Inson" markazlari tuzilmasida quyidagi iхtisoslashtirilgan lavozimlar joriy etiladi: tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan ayollar bilan ishlash boʻyicha ijtimoiy хodim hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar bilan ishlash boʻyicha ijtimoiy хodim.

 

Hujjat bilan Ijtimoiy хodimlarga malaka guvohnomasini berish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.09.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova